KO polimer emali — KO lakni, kimyoviy reaksiyani sekinlashtiruvchi, har xil rangli ingibitor pigmentlar
bilan obdan aralashtirib olinadi. Uning quyuq-suyuqligi ВЗ-4 asbobining teshigidan (diametri 4 mm)
o‘tkazganda 40-60 soniya vaqt ketadi, ya’ni suvga nisbatan 4-5 marta quyuq degani. Rangi ko‘k, 15 daqiqada
quriydi, 24 soat davomida suv shimuvchanligi 0,4% dan oshmaydi. Emalni temir yuzasini yonuvchanligi 170
g/sm
2
, betonniki esa 250-300 g/sm
2
ga teng.
KO emal tarkibida ingibitor pigmentlar temir yoki sementli suvoqlar
yuzasiga surtilgandan keyin, ob-
havoning ta’sirida tezlashadigan buzuvchi kimyoviy reaksiyani (zanglash, nurash va h.k.)
sekinlashtiradi,
suvga va boshqa zararli muhitda chidamliligini oshiradi. KO emali surtilgan qatlam 60
marta quritib va
namlanganda unda buzilish nuqsonlari bo‘lmaydi. Ishlatish uchun qulay suyuqlikdagi KO emalini olishda unga
solvent yoki 1:4 nisbatda spirt-toluol eritmalarini qo‘llash mumkin. Bir metr yuzaga KO emal xarajati: temir
bo‘lsa — 200, beton yuzaga 400 g ketadi.