• Moyli smola loklar
  • Smola laklar.
  • E qosimov, M. Akbarov




    Download 1,14 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet162/168
    Sana19.12.2023
    Hajmi1,14 Mb.
    #124022
    1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   168
    Bog'liq
    Pardozbop qurilish ashyolari. Qisimov E. 2005

    LAKNING XILLARI 
    Smola, bitum va shu singari parda hosil qiluvchi moddalarni uchuvchan eritmalarda suyultirib laklar 
    olinadi. Buyum yuzasiga surtilgan lak erituvchining uchib ketishi hisobiga tez qurib, qattiq, yupqa va yaltiroq 
    parda hosil qiladi. Qurilishda ko‘p ishlatiladigan laklarni quyidagi guruhlarga bo‘lish mumkin. 
    Moyli smola loklar — tabiiy yoki sintetik smolalarni tez quriydigan moylarda eritib, ularga sikkativ va 
    suyultirgichlar qo‘shib olingan lak. Moy bilan smolalarni aralashtirib olingan laklar buyum yuzasida 
    qurigandan keyin, qattiq va yaltiroq parda hosil qiladi. Ammo, bunday laklar spirtli laklarga qaraganda 
    sekinroq quriydi. Unga 3—12 soatdan so‘nggina chang yopishmaydi, 1—3 kunda esa u batamom quriydi. 
    Bunday laklar tarkibidagi moy miqdori smolaga nisbatan 2—4 marta ko‘p bo‘ladi. Moyli smola laklari 
    surtilgan buyum yaltiroq, mustahkam, suv va atmosfera ta’siriga chidamli bo‘ladi. Moyli smola laklar 
    ishlatishga tayyor holda chiqariladi. Ularni yanada suyultirish lozim bo‘lsa, ozgina skipidar yoki eritgich 
    benzin qo‘shish kifoya. Ular binoning ichki va tashqi yuzalarini bo‘yash, shuningdek, chidamli shpaklyovka 
    va gruntlar tayyorlash uchun ishlatiladi.
    Smola laklar. Sintetik smolalarni organik eritmalarda eritish yo‘li bilan moysiz sintetik laklar olinadi. 
    Qurilishda eng ko‘p ishlatiladigan bunday laklardan biri mochevinaformaldegid va gliftal smolalardan 
    olinadigan MЧ-26 yoki MЧ-52 markali laklardir. Ular juda qattiq, rangsiz, tiniq, yuqori haroratga va suvga 
    chidamli, shuningdek, ishqalanishga mustahkam bo‘lgan parda hosil qilib qotadi. MЧ-26 va MЧ-52 markali 
    laklar pollar yuzini qoplash va boshqa ishqalanishga ko‘p ishlatiladigan buyumlarni laklash uchun ishlatiladi. 
    Moyli bo‘yoqlar bilan bo‘yalgan yuzalarni laklash uchun, ko‘pincha, XСЛ, СНИЛX-3 markali perxlorvinil 
    (ПХВ) laklari ishlatiladi. Ular ПХВ smolasini atseton, butila-atsetat-toluol va boshqa eritmalarda eritib, 
    plastifikatorlar qo‘shib tayyorlanadi. ПХВ laklar suvga, atmosfera, ishqor va kislotalar ta’siriga hamda o‘tga 
    chidamli bo‘ladi. 
    Gliftal smolasining og‘irligi bo‘yicha 33 qism eritmalar, etil spirti — 34 qism, atseton — 18 qism, benzol 
    yoki toluol — 15 qism bilan suyultirib, gliftal laki tayyorlanadi. Eritmalarning uchib ketishi hisobiga va 
    kislorod ta’siri natijasida yuzaga surtilgan lak qotadi va qattiq, suvga chidamli, yaltiroq parda hosil bo‘ladi. 
    Gliftal lakdan bino ichida va ochiq havoda ishlatiladigan buyumlarni pardozlash uchun foydalaniladi. Bu 
    lakning kamchiligi uning juda uzoq qurishidir. 
    Bulardan tashqari, qurilishda poliefir, novolak (etinol laki), epoksid, poliuretan, bakelit va shu singari 
    smolalar asosida olinadigan laklar ham ko‘p ishlatiladi. 

    Download 1,14 Mb.
    1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   168




    Download 1,14 Mb.
    Pdf ko'rish