|
Lakning siljib tekislanish Pdf ko'rish
|
bet | 164/168 | Sana | 19.12.2023 | Hajmi | 1,14 Mb. | | #124022 |
Bog'liq Pardozbop qurilish ashyolari. Qisimov E. 2005Lakning siljib tekislanish xususiyatini aniqlash uchun uni tayyorlangan yuzaga mo‘yqalam bilan
surtiladi. Bunda, mo‘yqalam bilan surtilganda paydo bo‘lgan izlar ma’lum vaqtdan keyin butunlay yo‘qolishi
kerak. Laklarning tekislanish xususiyati izlarni yo‘qotish vaqtiga qarab aniqlanadi. Mo‘yqalam izlari lak
surtilgandan keyin 10 daqiqa ichida yo‘qolsa, lakning tekislanishi yaxshi deb, izlar yo‘qolishi uchun 10
daqiqadan ortiq vaqt ketsa, sekin tekislangan deb, izlar 15 daqiqadan keyin yo‘qolsa, tekislanish qoniqarsiz
deb hisoblanadi.
Yaltiroqligi ko‘z bilan chamalab aniqlanadi. Yaltiroqlik — yuqori, o‘rtacha, yarim jilosiz va jilosiz
darajalarga bo‘linadi.
Laklarning silliqlanish xususiyati standartda ko‘rsatilgan muddatda qotgandan keyin aniqlanadi. Silliqlash
uchun bir parcha suknoni pemza tosh kukuni va suvga tegizib lak surtilgan yuza ishqalanadi.
Lak surtilgan yuza silliqlangandan keyin tekis va jilosiz bo‘lsa, bunday lak qoniqarli hisoblanadi. Agar
silliqlash vaqtida tekislab bo‘lmaydigan zarrachalar qolsa va silliqlash paytida lak yuzasi yumshasa, bunday
lakning silliqlanishi qoniqarsiz deb hisoblanadi.
Polirovkalanish xususiyati belgilangan muddatlarda tekshirib ko‘riladi. Bir necha tomchi xom zig‘ir moyi
tomizilgan va vino spirtiga ho‘llangan paxta tamponi bilan polirovka qilinadi. Polirovka qilingandan keyin
tekis, chiroyli yaltiroq yuza hosil bo‘lishi kerak.
Lak pardaning namga chidamliligini tekshirib ko‘rish uchun sinalayotgan lak surtilgan po‘lat
plastinkaning 2/3 qismi suvga botiriladi va g‘adir-budirlik, pufakchalar va ko‘chgan joylar paydo bo‘lganiga
qarab bilib olinadi.
Lak pardaning qattiqligi tajribaxonada, mayatnikli asbob yordamida tekshirib ko‘riladi. Bu usul lak parda
yuzasiga o‘rnatilgan mayatnik tebranishining so‘nish vaqtini shisha plastinka ustiga o‘rnatilgan shu mayatnik
tebranishining so‘nish vaqtiga nisbatini topishga asoslangan.
Lak pardalarning zarbga pishiqligi tajribaxonada asbob yordamida aniqlanadi. Sinash usuli 1 kg keladigan
yuk lok parda ustiga (unga shikast yetkazilmagan holda) qanday maksimal balandlikdan tashlanishini topishga
asoslangan.
|
| |