MВШ (mebelbop), AШ-32, AШ-24, AШ-30 kabi markalardagi tez qotadigan nitrotselluloza, shuningdek,
ЛШ-1 va ЛШ-2 markali lakli shpaklyovkalari ishlatishga tayyor holda ishlab chiqariladi.
Zamazka — oynali deraza romlarga surkaladigan hamda tomga yopiladigan
tunuka choklaridagi,
shuningdek, yog‘och buyumlaridagi nuqsonlarni berkitish uchun ishlatiladigan bo‘tqasimon quyuq tarkib.
Deraza romlari uchun, ko‘pincha, alif bilan bo‘r, qo‘rg‘oshin belilasi yoki boshqa qo‘shimcha ashyolarni
qorishtirib ishlangan zamazkalar ishlatiladi. Tomga yopiladigan tunuka choklaridagi nuqsonlar uchun maxsus
tombop zamazkalar ishlatiladi.
Bunday zamazkalar natural alif, bo‘r va temir surigi yoki kuzbass lakidan iborat
tarkiblarda tayyorlanadi.
Bulardan tashqari, yelimlar va sintetik smolalardan ishlangan yelimlar asosida tayyorlanadigan zamazkalar
ham qurilishda ko‘p ishlatilmoqda. Kukun to‘ldirgich sifatida ularga bo‘r, talk, pemza, tuyilgan qipiq, yog‘och
uni qo‘shiladi.
Keyingi vaqtlarda a’lo sifatli selluloid va kazeindan qilingan quyuq bo‘tqasimon zamazkalar ko‘plab
ishlatilmoqda. Bunday zamazkalar tarkibida og‘irligi hisobida 10 qism selluloid, 35 qism atseton eritmasi va 6
qism yog‘och uni yoki tuyilgan qipiq bo‘ladi.
Gruntlar — bo‘yoq tarkiblar guruhiga kiradigan,
tarkibi pigment, kukun to‘ldirgich va organik
bog‘lovchilardan tashkil topgan suyuqlik. Grunt buyumga pardoz berishdan oldin surtiladi,
natijada yuza
tekislanadi, bo‘yoq parda asosga puxta yopishadi. Gruntlash deganda buyum yuzasini bo‘yashdan oldin ishlov
berishni tushunish kerak.
Hozir ikki turdagi grunt tarkibi ishlab chiqariladi: suvli va moyli. Suvli bo‘yoq tarkiblar bilan bo‘yaladigan
yuzani gruntlash uchun kuporosli, sovun-yelimli va shunga o‘xshash tarkiblar ishlatiladi. Moyli yoki sintetik
bo‘yoqlar bilan bo‘yaladigan yuzaga organik bog‘lovchi alif yoki eritmalar
asosida tayyorlangan grunt
tarkiblar ishlatiladi.