|
Bitumli yoki asfaltli laklar Pdf ko'rish
|
bet | 163/168 | Sana | 19.12.2023 | Hajmi | 1,14 Mb. | | #124022 |
Bog'liq Pardozbop qurilish ashyolari. Qisimov E. 2005Bitumli yoki asfaltli laklar. Bitum va asfalt kabi qora organik bog‘lovchilarni benzin, kerosin, benzol va
boshqa organik eritmalarda eritib, bitum laklari tayyorlanadi. Bitum laklari ishqor, kislota va suv ta’sirida
buyumlarning chidamliligini oshirish uchun ishlatiladi.
Spirtli laklar — tabiiy va sun’iy smolalar og‘irligi hisobida 30-35% spirtda eritib tayyorlanadi. Ular sariq,
ko‘k, havorang, jigarrang va boshqa tuslarda tayyorlanadi. Spirtli laklar olishda parda hosil qiluvchi smolalar
sifatida kanifol, shellak, archa va beresta smolasi ishlatiladi. Eritma sifatida, ko‘pincha, 92—96% li etil spirti
ishlatiladi.
Polituralar — laklar singari smolalarning juda kuchli etil spirtidagi eritmasi. Polituralarda smolalar
miqdori 5—15% dan oshmaydi. Shellakli politura qurilishda eng yaxshisi hisoblanadi.
Nitrolaklar — nitro va etil selluloza laklar efirselluloza guruhiga kiruvchi smolalarni organik eritmalarda
eritib olinadi. Rangli nitrolaklar tayyorlash uchun unga bo‘yoqlar ham qo‘shiladi. Nitrolakning sifatini oshirish
maqsadida unga plastifikatorlar hamda tabiiy, sun’iy yoki sintetik smolalar (gliftal smola, efir yoki kanifol)
qo‘shiladi.
Nitrolakka qo‘shiladigan plastifikatorlar sifatida kanakunjut moyi, dibutilftalat, eritmalar sifatida —
atseton, metil spirti, atsetat va boshqalar, suyultirgichlar sifatida esa benzol, toluol, etil va butil spirtidan
foydalaniladi. Nitrolaklar yog‘och buyumlarini laklash uchun ko‘p ishlatiladi. Ular yuzasida qattiq,
mustahkam va yaltiroq parda hosil qilib qotadi. Qurilishda ishlatiladigan laklar karbamidkoloksilin smolasi
asosida olingan (940, 754, 9-A, KK-25) НЦ-312 va mebelbop НЦ-315 M kabi markalarda chiqariladi.
LAKNING XOSSALARI
Laklar boshqa lak-bo‘yoq ashyolar kabi odatdagi sinashlardan, ya’ni qotish vaqti, qovushqoqligi, rangi,
bo‘kishga chidamliligini aniqlashdan tashqari quyidagi faqat o‘zlariga xos usullar bilan ham sinab ko‘riladi.
|
| |