• Polimer ohak shpaklevkasi
  • Polimer ohakli ПВA bo‘yog‘i
  • NAMLANMAYDIGAN SUVLI POLIMER BO‘YOQLAR




    Download 1,14 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet160/168
    Sana19.12.2023
    Hajmi1,14 Mb.
    #124022
    1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   168
    Bog'liq
    Pardozbop qurilish ashyolari. Qisimov E. 2005

    NAMLANMAYDIGAN SUVLI POLIMER BO‘YOQLAR 
    Hozirgi vaqtda bino va inshootlarni pardozlashda, ta’mirlashda polimer tarkibli namlanmaydigan bo‘yoqlar 
    hamda bo‘yoqli bo‘tqalar keng ishlatilmoqda. Jumladan, polimer ohak, polimer ohak sementli bo‘tqa 
    shpatlevkasi kabi pardozlash ashyolari o‘zlarining ob-havo ta’siriga chidamliligi, nam sharoitda buzilmasligi, 
    inson salomatligiga zararsizligi bilan boshqa bo‘yoqlardan afzaldir. Shuningdek, bunday bo‘yoqlarga 
    qimmatbaho oq rangli pigmentlarni (rux oksidi, metapon va h.k.) ishlatish ehtiyoji qolmaydi. Namlanmaslik 
    xususiyati uni yangi suvoq yuzasini ham pardozlash imkoniyatini tug‘diradi. 
    Polimer ohak shpaklevkasi — ohak bo‘tqasi, changsimon mayda kvars qumi (marshalit) va 
    polivinilatsetat (ПВA) emulsiyasiga namlanmaydigan ГКЖ ni suv bilan obdan qorishtirib tayyorlanadi. 
    Emulsiya deb, bog‘lovchi modda bilan (lak-bo‘yoq yog‘i) obdan tuyilgan changsimon qumning aralashmasiga 
    aytiladi. Bunday shpaklevka devorni polimerohak bo‘yoq bilan pardozlashdan oldin beton yoki suvoq yuzasini 
    tekislashda ishlatiladi. Shpaklyovka quyidagi tarkibda tayyorlanadi (og‘irlik hisobida kg/t (%)): 
    — polivinilatsetatning 50% li mayin quyqasi — 150 (14,7%); 
    — ohakning 50% bo‘tqasi — 200 (19%); 
    — kvars qumi (marshalit) — 637 (60%); 
    — namlanmaydigan ГКЖ ning 20% li suyuqlikdagi eritmasi 3 (0,3%); 
    — suv — 60 (6%). 
    Tayyor shpaklevkaning mayinligi (plastikligi) StroySNIL konusi cho‘kishi — 10-11 sm, qurish muddati 
    (18-20°C da) — 4-6 soatga teng. 
    Polimer ohakli ПВA bo‘yog‘i — ohakni 50% li mayin polimeratsetat emulsiyasi bilan namlanmaydigan 
    ГКЖ ni obdan aralashtirib olingan suspenziyadir. Suspenziya deganda changsimon emas, ammo mayda qilib 
    tuyilgan ohakni bog‘lovchilar bilan aralashgan suyuqligini tushunmoq kerak. 
    Polimer ohakli ПВA bo‘yog‘i sementli, ohakli, gipsli suvoq yuzalarini, hamda beton va g‘ishtli devorlarni 
    pardozlashda ishlatiladi. Bo‘yoqni tayyorlashda quyidagi ashyolar ishlatiladi (og‘irlik hisobida, kg/t da): mayin 
    polivinilatsetatni 50% li emulsiyasi — 145 (14%); ohakning 50% bo‘tqasi — 595 (56%); pigmentlar — 73 
    (7%); namlanmaydigan ГКЖ suyuqligi eritmasi — 30 (3%); suv — 207 (20%). 
    Polimer ohak bo‘yog‘ining quyuq-suyuqligi (ВЗ-4 da) 20—25 sek, qurishi esa 2—4 soatdan oshmaydi. 

    Download 1,14 Mb.
    1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   168




    Download 1,14 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    NAMLANMAYDIGAN SUVLI POLIMER BO‘YOQLAR

    Download 1,14 Mb.
    Pdf ko'rish