• Polistirol bo‘yoqlar
  • Alkid-stirolli emallar
  • E qosimov, M. Akbarov




    Download 1,14 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet158/168
    Sana19.12.2023
    Hajmi1,14 Mb.
    #124022
    1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   168
    Bog'liq
    Pardozbop qurilish ashyolari. Qisimov E. 2005

    ПВA emulsiyali bo‘yoqlar pasta tarzida chiqariladi. Ular bo‘yash uchun yaroqli konsistensiya hosil 
    bo‘lguncha suv qo‘shib suyultiriladi. Bu bo‘yoqlar ichki bo‘yoq ishlarida yog‘och-taxta, g‘isht va beton 
    yuzalarini bo‘yash uchun ishlatiladi. Ammo ulardan fasadlarni bo‘yash uchun ham foydalanish mumkin. 
    Bo‘yoqlarni yuzaga mo‘yqalam yoki purkagich yordamida surish mumkin. 
    Polistirol bo‘yoqlar fasadlarni bo‘yash uchun chiqarilgan 10 % li lakdan, lak esa polistirolning toshko‘mir 
    solventidagi yoki ksiloldagi eritmasi va pigmentlardan iboratdir. Fasadlarni bo‘yash uchun bo‘yoqlar bilan bir 
    qatorda fasadga gruntovka berish uchun 5 % li lak, shpaklyovka qilish uchun 15 % li polistirolli lak bilan 
    bo‘rdan iborat aralashma ham chiqariladi. Polistirolli bo‘yoqlar 3-4 soat ichida qotadi. Bu xil bo‘yoqlar bilan 
    yozda ham, qishda ham bo‘yash mumkin. 
    Alkid-stirolli emallar — yog‘och-taxta va tayyorlangan suvoq yuzalarini bo‘yash uchun ishlatiladi. СЭM 
    emallarga qaraganda ancha yaltiroq va mexanik jihatdan ancha pishiq bo‘yoq qoplama hosil qiladi. 
    Nitrobo‘yoqlar tashqi va ichki bo‘yoq ishlarida gruntovka berilgan temir, yog‘och-taxta va suvoq 
    yuzalarini bo‘yash uchun ishlatiladi.
    Nitroemal — nitrotselluloza va smolaning uchuvchan organik erituvchilardagi eritmalaridan iborat. Unga 
    pigmentlar va plastifikatorlar qo‘shilgan bo‘ladi. Nitroemallar tashqi muhit ta’sirida bo‘lmagan yog‘och-taxta 
    va gruntovka berilgan temir yuzalarni bo‘yash uchun ishlatiladi. Zarur bo‘lganda nitroemallarni ishlatish 
    oldidan ularga suyultiruvchi qo‘shib bo‘yash uchun yaroqli qovushqoqlikka keltiriladi. Emallar yuzaga 
    purkash yo‘li bilan beriladi. 
    Bo‘yalgan yuza qotgandan keyin, bir xil rangli, yarim yaltiroq bo‘lishi, unda dog‘ pufakchalar, nuqtalar, 
    yomon surtilgan pigment izlari bo‘lmasligi kerak. Nitroemal to‘la qotishi uchun ketadigan vaqt 1 soatdan oshiq 
    bo‘lmasligi lozim. 

    Download 1,14 Mb.
    1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   168




    Download 1,14 Mb.
    Pdf ko'rish