suvda bir soat ichida batamom erib ketadi va 1 sm
2
da 100 ta teshigi bo‘lgan sim g‘alvirdan suzib o‘tkaziladi.
Manniy krupaga o‘xshagan, hamda ushlab ko‘rilganda silliq, ya’ni erimagan kazein qolmaydi.
Bo‘yash uchun tayyor holda keltirilgan kazeinli bo‘yoqlarning berkituvchanligi 200 g/m
2
dan ortiq
bo‘lmasligi kerak. Kazeinli bo‘yoqlar binolarning pishiq g‘ishtdan qurilgan va suvalgan fasadlarini,
ichki
yog‘och-taxta va suvoq yuzalarini bo‘yash uchun ishlatiladi.
Silikatli bo‘yoq — kaliyli shisha eritmasi hamda pigmentlar bilan bo‘rning quruq aralashmasidan tashkil
topgan.
Silikatli bo‘yoqlar tayyorlash uchun faqat eruvchan kaliy shishasini ishlatish mumkin. Agar natriyli
eruvchan shisha ishlatiladigan bo‘lsa, bo‘yalgan joyda oq dog‘lar paydo bo‘lib qoladi. Birinchi marta bo‘yash
uchun zichligi 1,14 ga teng bo‘lgan, uning ustidan ikkinchi marta bo‘yash uchun esa 1,18 g/m
3
ga teng bo‘lgan
suyuq shisha ishlatiladi. Silikatli bo‘yoqning berkituvchanligi 200 g/m
3
dan katta bo‘lmasligi lozim.
Silikatli bo‘yoqlar binolarning pishiq g‘ishtdan qurilgan va suvalgan fasadlarini, shuningdek II va III klass
bino va inshootlarning nam tegadigan suvalgan yuzalarini bo‘yash uchun ishlatiladi.
Fasadbop mineral bo‘yoqlar — pigment bilan to‘ldirgichning quruq aralashmasidan iborat bo‘ladi.
To‘ldirgich sifatida (uning og‘irligiga nisbatan 10% miqdorda kazein yelimi qo‘shilgan)
nafis maydalangan
ohaktosh ishlatiladi. Pigment hamda to‘ldirgich ashyodan qanday miqdorda olish kerakligi tayyorlanadigan
bo‘yoq rangiga bog‘liq.
Bu bo‘yoqlar suvalgan va suvalmagan g‘isht binolarining ichki va tashqi tomonlarini bo‘yash
uchun
ishlatiladi. Bo‘yoqni ishlatishdan oldin unga 1:1 nisbatda sovuq suv qo‘shib suyultiriladi va kazein yelim
batamom bo‘kkuncha 1-2 soat idishda qoldiriladi. Shundan keyin bo‘yoqqa 10—15% so‘nmagan
ohak va
uning og‘irligiga nisbatan 1,5-2% miqdorda osh tuzi qo‘shiladi. So‘nmagan ohak bo‘yoqda so‘ndirilgandan
keyin, mo‘yqalam yuradigan holatga kelguncha suv qo‘shib suyultiriladi va 1 sm
2
da 900 ta teshigi bor sim
g‘alvirdan suzib o‘tkaziladi. Pigment bilan to‘ldirgichning, ya’ni nafis maydalangan
ohak toshning quruq
aralashmasi ham chiqariladi. G‘alvirdan o‘tgan massa hayvonot mahsulotidan tayyorlangan 2
l yelimga solib
bo‘ktiriladi va 10
l bo‘lguncha suv qo‘shib suyultiriladi. Tayyor bo‘yoq 1 sm
2
da 900 ta tegishli bor sim
g‘alvirdan suzib o‘tkaziladi. Bunday bo‘yoq xuddi odatdagi yelimli bo‘yoq singari ichki bo‘yoq ishlari uchun
ishlatiladi.
Moyli bo‘yoqlar bo‘yoqchilik ishlarida eng ko‘p ishlatiladigan bo‘yoqlardir. Moyli bo‘yoqlar
ularni
tayyorlashda foydalanilgan bog‘lovchining sifatiga va pigmentning turiga qarab har xil yuzalarni bo‘yash
uchun ishlatiladi. Masalan, tashqi yuzalarni bo‘yash uchun litoponli oq bo‘yoq ishlatish man qilingan, chunki,
ular yorug‘lik ta’sirida qorayib ketadi. Qo‘rg‘oshinli oq bo‘yoqni esa turar joylarning ichki yuzalarini bo‘yash
uchun ishlatish man qilingan, chunki unda odam uchun zararli moddalar bor. Yangi suvalgan joyni sariq kron
bilan bo‘yashga ruxsat etilmaydi, chunki u ishqor ta’siriga bardosh berolmaydigan bo‘yoq.
O‘simlik moyidan tayyorlangan alif moy qo‘shilgan bo‘yoqlar ichki va tashqi bo‘yoq ishlarini bajarishda,
bino
va inshootlardagi temir, yog‘och-taxta va qurigan suvoq yuzalarini bo‘yash uchun ishlatilishi kerak.