• Qo‘rg‘oshinli surik
  • E qosimov, M. Akbarov




    Download 1,14 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet152/168
    Sana19.12.2023
    Hajmi1,14 Mb.
    #124022
    1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   168
    Bog'liq
    Pardozbop qurilish ashyolari. Qisimov E. 2005

    Qizil pigmentlar. Eng arzon va qurilishda ko‘p tarqalgan qizil pigmentlarga mo‘miyo, qo‘rg‘oshin surigi 
    va qizil kron kiradi.


    Mo‘miyo-temir oksidi sarg‘ishdan to qizil ranggacha bo‘yalgan giltuproqli pigmentdir (Fe
    2
    O
    3

    FeO). 
    Giltuproq o‘z tarkibidagi miqdoriga (20—70%) ko‘ra rangi o‘zgaradi. Giltuproqni qizdirib tabiiy mo‘miyo 
    olinadi. Mo‘miyo yuqori berkituvchanlik qobiliyatiga ega, shu bilan birga, u yorug‘lik va atmosfera ta’siriga 
    chidamli. 
    Qizil kron (PbCr
    2
    O
    4

    Pb(OH)
    2
    ) — nordon xromli qo‘rg‘oshin oksidni ishlab, har xil ranglarda 
    chiqariladigan pigment. Uning limon rangligi, sarig‘i va zarg‘aldoq rangligi bo‘ladi. Bu pigment juda chidamli 
    va yuzalarni yaxshi berkitish qobiliyatiga ega. Ammo, u kishi organizmiga zararli ta’sir qiladi. 
    Temirli surikning qurug‘i tarkibida kamida 75% temir (III) oksid bo‘ladigan temir rudasidan iborat; bu 
    qizg‘ish rangli tabiiy modda pigmentdir. Nima maqsadda ishlatilishiga qarab temirli surikning qurug‘i ikki xil 
    markali qilib chiqariladi: A markaligi —gruntlar, emallar va moy bo‘yoqlar tayyorlash uchun va B 
    markaligi — yelimli kolerlar tayyorlash uchun ishlatiladi.
    Temir surik — zanglamaydigan xossalarga ega bo‘lgan juda pishiq pigment, shu tufayli tunuka tomlarni 
    va muhit ta’siriga duch keladigan turli temir yuzalarni bo‘yash uchun, moyli kolerlar tayyorlashda ko‘p 
    ishlatiladi. Surikning berkituvchanligi 20 g/m
    2
    ga teng.
    Qo‘rg‘oshinli surik — (Pb
    3
    O
    3
    ) qo‘rg‘oshin oksidining yuqori haroratda oksidlanishi mahsulotidir. 
    Ravshan qizg‘ish, sariq rangli juda og‘ir kukundan iborat. Nima maqsadda ishlatilishiga qarab qo‘rg‘oshinli 
    surik 1, 2, 3 va 4 markalarda pasta tarzida chiqariladi. 
    Bo‘yoqchilik ishlarida 3 va 4 markali qo‘rg‘oshinli surikdan foydalaniladi. Bunday surikni moyli bo‘yoq 
    aralashmalarga qo‘shib temirga grunt berishda ishlatiladi, chunki bu pigment juda yuqori zanglamaydigan 
    xossalarga ega bo‘ladi. Bundan tashqari qo‘rg‘oshinli surik sikkativlar tayyorlashda ham ishlatiladi, chunki 
    moylarning qotishini tezlashtirishga juda katta yordam beradi. Qo‘rg‘oshinli surik yorug‘lik ta’sirida qorayib 
    ketadi hamda vodorod sulfid ta’siriga uncha qarshilik ko‘rsata olmaydi. Shu sababli pardoz berish uchun 
    ishlatilmaydi. Moyga qorilgan surikni uzoq vaqt saqlab bo‘lmaydi, chunki u og‘ir bo‘lganligi tufayli idishning 
    tagiga cho‘kib qoladi, bu esa moyning qotib qolishiga sabab bo‘ladi. 
    Qo‘rg‘oshinli surik kam topiladigan pigmentdir. Shu sababli uni faqat og‘ir sharoitlarda ekspluatatsiya 
    qilinadigan ashyoga gruntovka berish uchungina ishlatish kerak. Qo‘rg‘oshinli surik juda berkituvchan 
    pigment, bo‘yash xossasi esa uncha katta emas. 

    Download 1,14 Mb.
    1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   168




    Download 1,14 Mb.
    Pdf ko'rish