|
TAYYOR BO‘YOQ TARKIBLARI VA Pdf ko'rish
|
bet | 155/168 | Sana | 19.12.2023 | Hajmi | 1,14 Mb. | | #124022 |
Bog'liq Pardozbop qurilish ashyolari. Qisimov E. 2005TAYYOR BO‘YOQ TARKIBLARI VA
ULARNING XILLARI
Quruq bo‘yoq, boshqacha qilib aytganda, pigmentlar yoki turli rangdagi obdan tuyilgan mayda kukun
holida bo‘ladi. Bo‘yoqli tarkiblar esa bo‘tqasimon yoki suyuq bo‘ladi. Ular organik eritmalarda eriydi,
bog‘lovchilar bilan quruq bo‘yoqning (pigmentning) aralashmasidan tashkil topgan.
Masalan, bog‘lovchi alifni oxra pigmenti bilan aralashtirilsa —sariq, grafit bilan aralashtirilganda esa qora
rangdagi bo‘yoq hosil bo‘ladi. Bunda bog‘lovchi modda pigment zarrachalarini o‘zaro bog‘laydi, shuningdek,
bo‘yoq surtilayotgan yuza bilan ularni mustahkam yopishtiradi. Pigment esa, birinchidan, bo‘yoq tarkibiga
rang beradi, ikkinchidan, buyumning tashqi muhit ta’siriga chidamliligini oshiradi.
Bog‘lovchi moddalar sifatida aliflardan boshqa anorganik bog‘lovchilar ham ishlatiladi. Masalan, yelimli
suv yoki sement, ohak suvlari va suyuq shisha eritmalari bilan aralashtirilgan pigmentlar ham bo‘yoq tarkibini
hosil qiladi.
Bo‘yoq tarkibidagi bog‘lovchilar xiliga va ularning yopishtiruvchanlik qobiliyatiga ko‘ra, asosan, ikki
guruhga bo‘linadi: suvli va moyli. Suvli bo‘yoq tarkiblarda bog‘lovchi modda sifatida yelim yoki ohak, yog‘li
bo‘yoqlarda esa alif yoki loklar ishlatiladi. Bulardan tashqari, qurilishda qisman emulsiyali yoki sellulozali
bo‘yoq tarkiblar ham ishlatiladi.
Suvli bo‘yoq tarkiblar ko‘pincha qurilish maydonining o‘zida bog‘lovchi modda (yelim, ohak va hokazo),
suv va pigmentlardan tayyorlanadi.
Moyli bo‘yoq tarkiblar zavod sharoitida maxsus uskunalarda tayyorlanadi. Ayrim hollarda bunday
bo‘yoqlar qurilishga ishlatish uchun tayyor holda (suyuq yog‘li bo‘yoqlar) yoki bo‘lmasa zavodda quyuq
bo‘tqasimon holda faner bochkalarda yuboriladi. Bunday bo‘yoqsimon yog‘li bo‘yoq qurilishning o‘zida
ishlash uchun qulay bo‘lgunga qadar suyultiriladi.
Moyli bo‘yoq pigment va kukun to‘ldirgichlar o‘simlik yog‘idan olingan aliflar maxsus bo‘yoq ezish
mashinalarida obdan qorishtirib olinadi. Moyli bo‘yoqlarga ba’zan ularning qurishini tezlatuvchi sikkativlar
yoki suyultirgichlar qo‘shiladi. Moyli bo‘yoqlar quyuq bo‘tqasimon yoki ishlatish uchun tayyor holda ishlab
chiqariladi. Quyuq bo‘tqasimon moyli bo‘yoqni ishlatishdan oldin bo‘yash uchun qulay holatgacha alif qo‘shib
suyultiriladi. Moyli bo‘yoqlarning sifati ular tarkibidagi pigment bilan alif miqdoriga bog‘liq bo‘ladi. Quyuq
bo‘yoqlar tarkibidagi alif miqdori 12—25%, tayyor bo‘yoqlar tarkibidagi alif pigment og‘irligiga nisbatan
30—50% gacha bo‘ladi.
Moyli bo‘yoqlar binoning tashqi va ichki qismlarini bo‘yash uchun ishlatiladi (yog‘och qismlar,
pardadevor, suvoqlarni pardozlash va hokazo).
Moyli bo‘yoqlar pardozlanadigan yuzaga puxta yopishadigan, mustahkam, suv va ob-havo ta’siriga
chidamli, shuningdek, 18—23°C da 24 soatda quriydigan qatlam hosil qilishi kerak.
Bo‘yoqlar foydalanish uchun tayyor holda bo‘lishi, ya’ni hech qanday qo‘shimcha ishlovsiz to‘g‘ridan-
to‘g‘ri ishlatilishi mumkin. Bo‘yoqlar quyuq holida ya’ni ozroq bog‘lovchi qo‘shib ezib tayyorlangan quyuq
pigment bo‘tqa holida bo‘ladi. Bunday bo‘yoqlarga bog‘lovchi aralashtirib bo‘yash uchun yaroqli holatgacha
suyultirish kerak bo‘ladi. Bo‘yoqlar quruq aralashma holida ham chiqariladi. Ularga suv yoki biror bog‘lovchi
qo‘shib bo‘yashga yaroqli holatga kelguncha suyultirish lozim.
|
| |