• Oltin rang bronza
  • E qosimov, M. Akbarov




    Download 1,14 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet154/168
    Sana19.12.2023
    Hajmi1,14 Mb.
    #124022
    1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   168
    Bog'liq
    Pardozbop qurilish ashyolari. Qisimov E. 2005

    KUKUN TO‘LDIRGICHLAR 
    Aluminiy kukuni — juda nafis maydalangan, bargsimon zarrachalardan iborat, maxsus yo‘llar bilan 
    polirovka qilingan aluminiydir. Berkitish xususiyati, maydalanish darajasi va kimyoviy tarkibiga qarab 
    aluminiy kukuni 4 xil markada ishlab chiqariladi. Tashqi ko‘rinishi jihatidan olganda aluminiy kukuni oson 
    surkaladigan va juda o‘tuvchan kumushsimon-kulrangdir. Aluminiy kukuni zanglaydigan xossalarga ega. 


    Asosan temir yuzalarni bo‘yash uchun ishlatiladigan moyli, emalli va emulsiya bo‘yoq aralashmalar tayyorlash 
    uchun ishlatiladi. Aluminiy kukuni bog‘lovchi modda sirtiga qalqib chiqib, uning yuzasida yaltiroq bo‘yoq 
    parda hosil qilish xususiyatiga ega. Shuning uchun uni istalgan rangdagi bog‘lovchi bilan ishlatish mumkin. 
    Bunda, bo‘yalgan yuzaning rangiga hech qanday zarar yetmaydi. Aluminiy kukuni nurlarni juda yaxshi aks 
    ettiradi va issiqlikni yaxshi o‘tkazadi. Aluminiy kukunining berkituvchanligi 40 g/m
    2
    ga teng.
    Oltin rang bronza — xuddi aluminiy kukuni singari jez, bronza yoki misni maydalash yo‘li bilan olinadi. 
    Zarrachalari bir xil tuzilishga ega. Oltin rang bronzani moyli va emalli bo‘yoqqa qo‘shib, asosan, har xil ichki 
    bezash ishlari uchun ishlatiladi. Oltin rang bronzaning berkituvchanligi 40 g/m
    2
    ga teng. 
    Bo‘yoqbop kukun to‘ldirgichlar — oq rangli bo‘yoq tarkiblarga ishlatiladigan pigmentlarni tejash 
    maqsadida qo‘llaniladigan erituvchilarda erimaydigan mineral modda. 
    Kukun to‘ldirgichlar qo‘shilganda bo‘yoq tarkiblarning xossalari birmuncha o‘zgaradi, ya’ni ularning 
    mustahkamligi, kislotalar, ishqor, yuqori haroratga chidamliligi anchagina ortadi, bu esa bo‘yoq tarkibini 
    ko‘pgina yerlarda ishlatishga imkon tug‘diradi. Bo‘yoq tarkiblar va buyum sirtini tekislashda tuyilgan talk, 
    qum, changsimon kvars, andezit, diobaz, asbest ishlatiladi. Shuningdek, qorishmalar tayyorlashda, kaolin 
    changi va shunga o‘xshash kukun to‘ldirgichlar ham ishlatiladi. 

    Download 1,14 Mb.
    1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   168




    Download 1,14 Mb.
    Pdf ko'rish