|
E qosimov, M. Akbarov Pdf ko'rish
|
bet | 153/168 | Sana | 19.12.2023 | Hajmi | 1,14 Mb. | | #124022 |
Bog'liq Pardozbop qurilish ashyolari. Qisimov E. 2005Sariq pigmentlar. Qurilishda sariq pigmentlardan oxra, qo‘rg‘oshin va rux kroni ko‘proq ishlatiladi.
Oxra, asosan tarkibidagi gil miqdori bilan farq qiladi. Oxra 250°C haroratgacha qizdirilsa, uning rangi
o‘zgarib, sarg‘ish-qizil tus oladi. Harorat 600—700°C ga yetkazilsa, uning rangi qizaradi, bunday oxra
kuydirilgan oxra deb ataladi. Yuzalarni berkituvchanligi bo‘yicha u o‘rtacha pigmentlar turiga kiradi.
Qo‘rg‘oshin kroni — qo‘rg‘oshindan olinadigan xromatlar va sulfoxromatlardan tashkil topgan pigment.
U och sarg‘ishdan to‘q-sariq ranggacha bo‘ladi. Qo‘rg‘oshin kroni yuqori berkituvchanligi va zanglashga
chidamliligi bilan boshqa pigmentlardan farq qiladi. Ammo, u zaharli.
Rux kroni — nordon xromli ruxning oz miqdordagi xromli angidrid bilan aralashishidan tashkil topgan
pigment. Uning tannarxini biroz kamaytirish maqsadida unga og‘ir shpat (BaSO
4
) qo‘shiladi. Rux kroni
qo‘rg‘oshin kroniga nisbatan yorug‘likka chidamli, ammo berkituvchanligi past bo‘lgan pigment.
Bo‘yoq tarkiblarga rux kroni qo‘shilsa, ularning zanglashga chidamliligi ortadi. Bunday bo‘yoq po‘lat
konstruksiyalarni zanglashdan yaxshi saqlaydi.
Ruxli kronning berkituvchanligi o‘rtacha bo‘lib, u yaxshi bo‘yash xossasiga ega, vodorod sulfid va
ishqorlar ta’sirida o‘z rangini o‘zgartirmaydi.
Asosan, temir yuzalarni bo‘yash uchun moyli va emalli bo‘yoq aralashmalar tayyorlashda ishlatiladi,
berkituvchanligi —170 g/m
2
ga teng.
Jigarrang umbra — tarkibida temir (III) oksid va marganes oksid bo‘ladigan tabiiy pigment. Jigarrang
umbra boshqa nom bilan, ya’ni pishirilgan umbra nomi bilan ham yuritiladi, chunki u natural umbrani qattiq
qizdirish yo‘li bilan olinadi. Natural umbra yashil rang berib tovlanadigan to‘q-sariq tuproqli pigmentdir.
Umbraning tarkibi va rangi xuddi oxra, surik va boshqa tabiiy pigmentlarniki kabi turg‘un emas.
Umbra juda pishiq pigment bo‘lib, uni tashqi va ichki bo‘yoq ishlarida temir, yog‘och-taxta va suvoq
yuzalarini bo‘yash uchun suvli va suvsiz bo‘yoq aralashmalarda barcha bog‘lovchilarga qo‘shib ishlatish
mumkin. Umbra tarkibida marganes bo‘lgani uchun u moylarning qotishini tezlashtiradi.
Jigarrang umbraning berkituvchanligi 40 g/m
2
ga teng.
|
| |