• LAK VA BO‘YOQLARGA RANG BERUVCHI KONSENTRATLAR
  • E qosimov, M. Akbarov




    Download 1,14 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet161/168
    Sana19.12.2023
    Hajmi1,14 Mb.
    #124022
    1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   168
    Bog'liq
    Pardozbop qurilish ashyolari. Qisimov E. 2005

    Bo‘tqasimon ПВA bo‘yog‘i — tarkibida changsimon kvars, pigmentlar va 50% li polivinilatsetat 
    emulsiyasini aralashtirib olgan suspenziyadir. Yuqoridagilar singari bunday bo‘yoq barcha xildagi devorlarni 
    pardozlashda ishlatiladi. Tarkibi: mayin polivinilatsetatni 50% li emulsiyasi — 27%; changsimon kvars 
    (marshalit) 37%; ikki oksidli titan — 12%; quruq lipotan —2,5%; bo‘r —9%; natriy pentaxlorfenolyati —
    0,2%; suv — 14,8%. 
    Tayyorlangan bo‘yoqning quyuq-suyuqligi (ВЗ-4 da) 60—70 sek (suvga nisbatan 6,5—7,0 marta quyuq); 
    qurish muddati esa 2—4 soatdan oshmaydi. 
    LAK VA BO‘YOQLARGA RANG BERUVCHI 
    KONSENTRATLAR 
    Har xil rang beruvchi konsentratlar inshootlarni pardozlash ishlarida lak-bo‘yoq sanoatida alohida 
    ahamiyatga ega. Bunday konsentratlar ishlab chiqaruvchi chet el korxonalari va firmalari juda ko‘p. Shulardan 
    «PUFAMIX» firmasining 28 xil rang beruvchi konsentratlari keng ishlatilmoqda. Bunday konsentratlar 
    pigment qo‘shilgan bo‘yoqlar, akrilat laklari, sintetik smolalardan olinadigan qorishmalar, lazurlar, alkid 
    smolasidan olinadigan laklariga rang berishda ishlatiladi. Tarkibi asosan anorganik va organik moddalardan 
    tashkil topgan. Zichligi 1,3—1,8 g/ml. Ularni ishlatishdan oldin yaxshilab chayqatish kerak, keyin lak yoki 
    bo‘yoqqa qo‘shib obdan aralashtirish lozim. 
    Rang beruvchi konsentratlar 20 ml, 200 ml va 500 ml li idishlarda chiqaziladi. Qo‘shiladigan konsentrat 
    miqdori lak va bo‘yoqlarning xiliga qarab olinadi. Masalan, pigmentli bo‘yoqlarga 10% gacha, akril lakiga 6% 


    gacha, alkid lakiga 8% gacha, bo‘yoq, qorishmalarga 10% gacha, lazurga 5% gacha qo‘shilsa ishlatishga 
    tayyor bir xil tiniq rangli pardozbop ashyo hosil bo‘ladi. Agar devorning tashqi yuzasini pardozlash kerak 
    bo‘lsa, 28 xil konsentratning № 6 dan boshqasini ishlatish mumkin. Masalan, № 7 och-sariq, № 10 qizil, № 18 
    to‘q-sariq rang beradi. 

    Download 1,14 Mb.
    1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   168




    Download 1,14 Mb.
    Pdf ko'rish