• Sun’iy pemza
  • Shpaklyovkalar
  • E qosimov, M. Akbarov




    Download 1,14 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet165/168
    Sana19.12.2023
    Hajmi1,14 Mb.
    #124022
    1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   168
    Bog'liq
    Pardozbop qurilish ashyolari. Qisimov E. 2005

    SILLIQLASH ASHYOLARI 
    Natural pemza — yer ostidan otilib chiqqan tog‘ jinsidir. Pemza shpaklyovka qilingan va bo‘yalgan 
    yuzalarni quruqligicha va namlab silliqlash (pemzalash) uchun ishlatiladi. Pemzaning sifati uning bir jinsli 
    ekanligi bilan belgilanadi. Qattiq va yirik qum donalari pemzaga aralashgan bo‘lsa, silliqlanayotgan yuzani 
    tirnab yuboradi. 
    Sun’iy pemza — qumdan yoki maydalangan tuproqdan tayyorlanadi. Zarrachalarining mayda-yirikligiga 
    qarab sun’iy pemza yirik donli va mayda donli bo‘ladi. 
    Jilvir va oyna qumli qog‘oz — bo‘yaladigan yuzalarni tozalash va silliqlash uchun ishlatiladi. Mayda 
    g‘adir-budur joylarni silliqlash uchun qog‘ozni kichikroq to‘rt qirrali yog‘ochga mahkamlash kerak. 
    Qog‘oz har xil raqamli, ya’ni qumi eng mayda 0 raqamlidan, ancha yirik qumli 1, 2 va 3 raqamligacha 
    qilib chiqariladi. Buning uchun pishiq qog‘oz yoki gazlama ishlatiladi. Abrazivlar (qumlar) hayvonot yelimi 
    bilan yopishtiriladi. Namlab silliqlash uchun suvga chidamli yelim bilan tayyorlangan qog‘oz ishlatiladi. 
    Bo‘yoqchilik ishlarida qo‘shimcha ashyolar sifatida, ko‘pincha, shpaklyovkalar, zamazkalar, gruntlar
    shuningdek, yuqorida keltirilgan eritmalar, suyultirgichlar va sikkativlar ishlatiladi. 
    Shpaklyovkalar — alif, lak yoki yelim eritmasi bilan kukun to‘ldirgichlarni obdan ishqalab ezilgan 
    bo‘tqasimon ashyo. Kukun to‘ldirgich sifatida bo‘r, dala shpati, tuyilgan qipiq, pista ko‘mir va hokazolarni 
    ishlatish mumkin. Tekislanadigan yuzaning nuqsonlari (chuqurchalar, yoriqlar, urilganda shikastlangan joylar 
    va hokazo) ko‘p kamligiga qarab, shpaklyovkalar suyuq va quyuq qilib tayyorlanadi. Quyuq shpaklyovkalar 
    ayrim joylardagi nuqsonlarnigina tekislash uchun ishlatilsa, suyug‘i nuqsonlari ko‘p bo‘lgan yuzani yoppasiga 
    tekislash uchun ishlatiladi. Shpaklyovkalar mayin yuzaga puxta yopishishi, quriganda esa cho‘kmasligi kerak. 
    Suvli bo‘yoqlar bilan bo‘yalgan yuzalarni shpaklyovka qilishda yelimli, kuporosli va ПВA li shpaklyovkalar 
    ishlatiladi. 

    Download 1,14 Mb.
    1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   168




    Download 1,14 Mb.
    Pdf ko'rish