E qosimov, M. Akbarov




Download 1,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet167/168
Sana19.12.2023
Hajmi1,14 Mb.
#124022
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   168
Bog'liq
Pardozbop qurilish ashyolari. Qisimov E. 2005

GULQOG‘OZ ASHYOLAR 
Gulqog‘oz yopishtirish uchun ishlatiladigan ashyolarni quyidagilarga bo‘lish mumkin: devorlarga 
yopishtiriladigan ashyolar, pollarga yopishtiriladigan ashyolar, mixlab yopishtiriladigan ashyolar, yelim va 
bo‘tqalar. Gulqog‘ozlar xonalarning ichki devorlariga yopishtirish uchun eng ko‘p ishlatiladigan ashyodir. 
Gulqog‘ozlar uzunligi 6, 7 yoki 12 m, eni esa 500, 600 yoki 750 mm li uzun qog‘ozdan iborat. 
Gulqog‘ozning o‘ngiga bir xil yoki bir necha xil rangli yelimli koler bilan gul tushirilgan bo‘ladi, ba’zan 
ularga gul bosib tushirilgan bo‘ladi. 
Gulqog‘ozlarning sifati qog‘oz sifatiga, gul tushirish usuliga va bo‘yoq koleri tayyorlash uchun 
ishlatiladigan bog‘lovchining xiliga qarab aniqlanadi. Qog‘ozning sifati uning og‘irligiga, zichligiga, yopishish 
darajasiga va yuzasining qanchalik nafis, go‘zal, silliqligiga qarab aniqlanadi. Oddiy gulqog‘ozlar tayyorlash 
uchun og‘irligi 40 g/m
2
keladigan, o‘rtacha sifatli gulqog‘ozlar uchun og‘irligi 80 g/m
2
keladigan, oliy navlilari 
uchun esa og‘irligi 240 g/m
2
keladigan qog‘oz ishlatiladi. 
Gulqog‘ozlarning guli chaplashib ketmay o‘z o‘rniga tushishi kerak, bo‘yoq qavati pishiq, qog‘oz 
bo‘laklaganda surkalib ketmasligi, sinmasligi va qo‘l tekizilganda barmoqqa yuqmasligi lozim. Gulqog‘ozlar 
chetidagi gulli joylarning yirtilishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak.
Bordyurlar, tivirlar va gobelenlar bo‘ylama gul tushirilgan qog‘oz tasmalardir. Bu qog‘ozlar gul 
qog‘ozlarning turi va guliga qarab, ularning tepa tomoniga yoki o‘rta qismiga yopishtiriladi. Bordyurning eni 
3—16 sm, tivitning eni esa 2—6 sm bo‘ladi. Bulardan enliroqlari gobelenlar deb ataladi.
Gulqog‘ozlar shponlar uzunligi 1500 mm, eni 500—800 mm keladigan taxta-taxta qilib ham chiqariladi. 
Taxta o‘lchamlarining uzun-qisqaligida 10 mm gacha farq bo‘lishi mumkin, uzunligi 500, 700, 2000, 2500 
mm keladigan qog‘ozlar chiqarish ham mumkin. Bunday yog‘och shponlarning namligi 60—70% dan osh-
maydigan xonalarning pollari va devorlariga pardoz berish uchun ishlatiladi.
Linkrust qog‘oz asosga rangli plastmassa parda yopishtirish yo‘li bilan tayyorlanadi. Rangli plastmassalar 
sintetik smollalardan yoki o‘simlik moylaridan, yog‘lardan va ular o‘rniga ishlatiladigan ashyolardan yoki 
plastifikatsiya qilingan va to‘ldirgich ashyo qo‘shilgan nitro kletchatkalardan olinadi. Linkrust — bo‘yi 12 m, 
eni 500, 600 va 750 mm qilib kesilgan rulon holida chiqariladi. Bordyurning eni 100, 125, 150, 200, 250, 300, 
350 mm bo‘ladi. Linkrustning qalinligi 0,6—1,2 mm.
O‘simlik moylari yoki boshqa yog‘lardan tayyorlangan qoplama linkrustning suv singdiruvchanligi ko‘pi 
bilan 20%, sintetik smolalar va nitrotsellulozadan tayyorlangan qoplamaning suv singdiruvchanligi esa ko‘pi 
bilan 2% bo‘lishi kerak.
Linkrust namligi normal (60%) namlikdan oshmaydigan xonalarning devorlariga pardoz berish uchun 
ishlatiladi.
Oddiy gulqog‘ozlarga ishlov berish yo‘li bilan namlikka chidamli gulqog‘ozlar hosil qilinadi.
Gulqog‘ozga grunt berish yoki gul bosish uchun ishlatiladigan bo‘yoqqa, yelim o‘rniga bog‘lovchi modda 
sifatida tarkibida 25% quruq modda bo‘ladigan ПВA emulsiyasi qo‘shiladi. Gul bosilgandan keyin 
gulqog‘ozlar konsentratsiyasi 20% li ПВА emulsiyasi bilan qoplanadi. 


Gulqog‘ozlar namligi mo‘tadil (60%) namlikdan oshmaydigan hamda yuviladigan xillari esa xonalarning 
ichki devoriga yopishtirish uchun ishlatiladi. 
Sinov savollari 
1. Bo‘yoqlarbop moyli va suvli bog‘lovchilarni izohlang. 
2. Yelimlar nima?
3. Pigmentlarning xillari, xossalari va ishlatilishi haqida so‘zlab bering.
4. Kukun to‘ldirgich nima?
5. Tayyor bo‘yoqlar haqida nimalarni bilasiz? 
6. Emal va uning xillari haqida gapiring. 
7. Emulsiya bo‘yoqlari qanday tayyorlanadi? 
8. Lok va uning xillari, xossalari va ishlatilishini izohlab bering. 
9. Gulqog‘oz ashyolar nima? 

Download 1,14 Mb.
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   168




Download 1,14 Mb.
Pdf ko'rish