• Payvandlash va yopishtirish
  • PLASTMASSALARNI QAYTA ISHLASH




    Download 1,14 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet126/168
    Sana19.12.2023
    Hajmi1,14 Mb.
    #124022
    1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   168
    Bog'liq
    Pardozbop qurilish ashyolari. Qisimov E. 2005

    PLASTMASSALARNI QAYTA ISHLASH 
    Polimer ashyolar texnologiyasi, asosan, ularning tarkibiga va ishlatilishiga qarab tanlanadi. 
    Texnologiyaning asosiy bosqichlari polimerni qayta ishlashdagi harorat va qolipga joylashdagi bosim 
    kuchini ta’minlovchi uskunalarni ishlatishdan iborat.
    Plastmassalar quyidagi usullarda ishlab chiqariladi: valsovka qilish, kalandrlash, ekstruziya, bosim ostida 
    zichlash, quyish, surkash, shimdirish, sepish, changlatish, payvandlash, yopishtirish va h.k. 
    Polimer ashyo sifatli va bir tekis bo‘lishi uchun uning tarkibiy qismini obdan qorishtirib bir jinsli bo‘tqa 
    holatiga keltirish kerak. Qorishtirish davriy va uzluksiz bo‘ladi. Qorishtiriladigan ashyo sochiluvchan va 
    bo‘tqasimon bo‘ladi.
    Yumshagan polimer taxtalarni qolipga joylab zichlash bosimi 1 MPa dan oshmaydi. Oqova suv quvurlari 
    qurishda ishlatiladigan viniplast buyumlar, sanoat korxonalarini yoritishda qo‘llaniladigan organik shisha 
    qalpoqlar konstruksiyalarbop uzun buyumlar qoliplash yo‘li bilan olinadi. Qizdirilgan siqiq havo bilan zich-
    langanda bosim 7—8 MPa gacha ko‘tariladi. 
    Temir va shu singari buyumlarning sirtini polimer bilan qoplashda changlatish usuli qo‘llaniladi. Buning 
    uchun qizdirilgan buyum yuzasiga polimer kukuni sepiladi, uning yuzasiga yopishgan polimer erib qatlam 
    hosil qiladi. Shuningdek, yana boshqa usulga ko‘ra, buyum yuzasiga obdan tuyilgan polimer kukuni 
    (polietilen, poliamid, polistirol, polivinil butirol) gaz olovida erib mayda tomchi holatida buyum yuzasiga 
    yopishadi va muhofaza qatlami hosil bo‘ladi. 
    Payvandlash va yopishtirish usullari amaliyotda keng ishlatiladi. Polietilen, poliamid, polivinilxlorid va 
    boshqa termoplastik polimerlarning tushgan joyiga issiq siqiq havo, yuqori chastotali tok, ultratovush
    radiatsiya nurlari yuborilsa ular o‘zaro yopishadi.
    Yelimlash usuli bilan termoplastik va termoreaktiv polimerlar yopishtiriladi. Termoplastik polimerlarni 
    yelimlashda, asosan, eritmalar ishlatiladi. Polimer yuzasiga surtilgan eritma uni shishiradi va bosim ostida 
    yopishtiriladi.

    Download 1,14 Mb.
    1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   168




    Download 1,14 Mb.
    Pdf ko'rish