• O‘tga chidamli tosh
  • Zararli muhitga chidamliligi.
  • Ishqalanishga chidamliligi va eskirishi




    Download 1,14 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet45/168
    Sana19.12.2023
    Hajmi1,14 Mb.
    #124022
    1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   168
    Bog'liq
    Pardozbop qurilish ashyolari. Qisimov E. 2005

    Ishqalanishga chidamliligi va eskirishi. Tabiiy toshlar pardozlash ishlarida, polbop taxtalar va zinapoya 
    kabi buyumlar tayyorlashda ishlatiladigan xillari esa yuqori mustahkam, ishqalanishga chidamli bo‘lishi kerak. 
    Mayda kristall toshlar ishqalaganda ular juda silliq bo‘lib ketadi. Shu sababli, zinapoya va polbop taxtalar 
    uchun o‘rtacha yiriklikdagi tabiiy toshlar ishlatiladi. 
    O‘tga chidamli tosh ashyolarning mineralogik tarkibi katta ahamiyatga ega. Tosh ashyolar tarkibidagi 
    gips 200°C da, ohaktosh 900°C da buziladi. Granit va porfirlar yuqori haroratda (inshootlarga o‘t ketganda) 
    kengayishi hisobiga yoriladi.
    Qattiqlik. Tabiiy tosh ashyolarning qattiqligini aniqlashda Moosning qattiqlik shkalasidan foydalaniladi 
    (3.7-rasm). Maxsus tanlab olingan 10 xil mineral qattiqlik shkalasida shunday joylashganki, navbatdagi 
    mineral bilan o‘zidan oldingi mineralga chizilganda iz qoladi, lekin uning o‘ziga shu mineral bilan chizilganda 
    iz qolmaydi. 
    Minerallarning qattiqligini aniqlash uchun tekshirilayotgan minerallarning silliq yuzasiga shkalada 
    ko‘rsatilgan minerallarning hammasi bilan (yumshoq mineraldan boshlab) chizib ko‘riladi. Bunda sinalayotgan 
    namunada qaysi mineral bilan iz qoldirilganligini bilish kerak. Masalan, tekshirilayotgan apatit bilan 
    chizganda unda iz qolsa va namunaning o‘zi plavik shpatda iz qoldirsa, tekshirilayotgan mineralning qattiqlik 
    ko‘rsatkichi 4,5 bo‘ladi.
    Zararli muhitga chidamliligi. Tog‘ jinslari atmosfera ta’sirida undagi fizik-mexanik jarayonlar, 
    haroratning o‘zgarishi, suv va muz ta’sirida asta-sekin buzila boshlaydi.
    Muhit va yer osti suvlari tarkibida har xil moddalar — karbonat angidrid, sulfatlar, organik birikmalar bor. 
    Agar tog‘ jinslariga shu moddalar ta’sir etsa, uning tarkibi asta-sekin o‘zgara boradi va murakkab fizik-
    kimyoviy jarayonlar ro‘y beradi. Jinsdagi oksidlanish, karbonizatsiyalanish kabi jarayonlar uning kimyoviy 
    buzilishini tezlashtiradi.
    Tog‘ jinslarning atrof muhit ta’sirida buzilishi uning yemirilishi deyiladi. Jinslarning yemirilishga 
    chidamliligi ularning tarkibiga, tuzilishiga va tabiatning ta’sir etuvchi omillariga bog‘liq.
    Bino va inshootlarni qurishda ishlatiladigan tabiiy tosh ashyolarini yemirilishdan va fizik-kimyoviy 
    jarayonlar ta’sirida buzilishdan saqlashning quyidagi usullari keng qo‘llaniladi: 
    — sirti silliqlangan va pardozlangan toshlarni ishlatish
    — tosh sirtida yomg‘ir va qor suvlarining ushlanib qolishiga yo‘l qo‘ymaslik; 
    — tosh sirtiga kimyoviy usullar bilan ishlov berish va hokazo. 
    Kimyoviy usullar bilan ishlov berishda tabiiy toshning sirtiga kimyoviy moddalar shimdiriladi. Modda 
    toshdagi minerallar bilan birikib, tosh sirtidagi g‘ovaklarni to‘ldiradi. Natijada, ashyoning mustahkamligi, 
    sovuqqa hamda kimyoviy eritmalar ta’siriga chidamliligi ortadi va suv shimuvchanligi kamayadi. 

    Download 1,14 Mb.
    1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   168




    Download 1,14 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ishqalanishga chidamliligi va eskirishi

    Download 1,14 Mb.
    Pdf ko'rish