• TABIIY PARDOZBOP TOSH — ZAMONAVIY LOYIHALARDA
  • E qosimov, M. Akbarov




    Download 1,14 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet42/168
    Sana19.12.2023
    Hajmi1,14 Mb.
    #124022
    1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   168
    Bog'liq
    Pardozbop qurilish ashyolari. Qisimov E. 2005

    Loysimon slaneslar — loyning yuqori bosim ostida qayta kristallanishidan hosil bo‘lgan qattiq loysimon 
    kulrang jins. U suv ta’sirida namlanmaydi. Tarkibida, asosan, kvars, slyudalar va tuproq bor. Loysimon slanes 
    yupqa (qalinligi 2,5 mm dan katta) plastinkalar tarzida tilinadi. Bunday plastinkalar tom va pardozbop 
    qoplama ashyolari sifatida ishlatiladi. Undan tashqari pol qurishda va elektr tokidan muhofazalovchi 
    taxtachalar tayyorlashda ham qo‘llaniladi. 
    Marmar — kalsit kristalli donalaridan tashkil topgan zich pardozbop jins. Marmarda slyuda, dala shpati, 
    kvars, temir oksidi va ko‘mir birikmalari ham bo‘ladi. Toza pardozbop marmar oq rangda, agar uning tarkibida 
    marganes va temir birikmalari bo‘lsa, qizil, binafsha, qora va kulrang bo‘ladi. 
    Marmarning qattiqligi 3-4, siqilishdagi mustahkamlik chegarasi 80—300 MPa, zichligi 2600—2800 kg/m
    3
     
    Marmarni arralash, silliqlash va pardozlash qiyin emas. Ammo u kislotalar, atmosferadagi gazlar va 
    karbonat suvlari ta’sirida buziladi. Shu sababli marmar binoning ichki qismini qoplashda, shuningdek, 
    haykaltaroshlikda, zinapoya va pol plitalarini tayyorlashda mozaika betonlar uchun to‘ldirgich sifatida ko‘p 
    ishlatiladi. 


    Kvarsit — yer qatlamining yuqori bosimi ostida mayda kvars donalarining kremniy sementlari vositasida 
    zichlanishidan hosil bo‘lgan kristall jins. Kvarsit o‘zining zichligi, yuqori mustahkamligi, mo‘rtligi va 
    qattiqligi bilan boshqa jinslardan farq qiladi. U tabiatda oq, qizil, ko‘kimtir, to‘q-qizil ranglarda uchraydi. 
    Siqilishdagi mustahkamlik chegarasi 400 MPa dan kam emas. Zichligi 2500—2700 kg/m
    3
    , qattiqligi 7 ga teng. 
    Kvarsit pardozbop va o‘tga chidamli buyumlar tayyorlashda ishlatiladi. 
    TABIIY PARDOZBOP TOSH — ZAMONAVIY 
    LOYIHALARDA 
    Hozirgi kunda O‘zbekistonda arxitektura loyihalarida dekorativ va pardozbop ashyo sifatida turli rang va 
    fakturaga ega bo‘lgan tabiiy tosh ashyolari alohida o‘rin tutadi. Tabiiy tosh ashyolari arxitektura shakllarining 
    rivojlanishiga ta’sir qiluvchi asosiy omillardan biri bo‘lib qoldi. Asosan O‘zbekiston mustaqillikka 
    erishgandan keyin arxitektura shakllari yangicha tus oldi. Biroq tabiiy tosh ashyolari zamonaviy talablarga 
    javob beruvchi shisha buyumlar va yangi konstruktiv ashyolarga o‘z o‘rnini berishga ham majbur bo‘ldi. 
    Beton, g‘isht, plastmassa va boshqalar, devorbop ashyolar sifatida ko‘p qo‘llanilsa ham, tabiiy tosh ashyolari 
    bezakbop va estetik xususiyatlari bilan ulardan afzalligini ko‘rsatmoqda. Bizning maqsadimiz tabiiy tosh 
    ashyolarning zamonaviy arxitektura shakllarini paydo bo‘lishida o‘z ta’sirimizni ko‘rsatishdan, ularni ishlatish 
    va tanlash bo‘yicha tavsiyalar berishdan iborat.
    Tarixiy arxitektura shakllarini yaratishda tabiiy tosh ashyolarining xossalari inshootlarning shakli va 
    o‘lchamlariga bog‘liq bo‘lgan. Masalan, O‘rta Osiyodagi tarixiy yodgorliklar. 
    Tabiatda, xususan O‘zbekistonda eng ko‘p tarqalgan pardozbop tog‘ jinslarining xillari, ularning xossalari 
    va ishlatilishiga doir ma’lumotlar 3.2-jadvalda keltirilgan. 

    Download 1,14 Mb.
    1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   168




    Download 1,14 Mb.
    Pdf ko'rish