Kremniyli qumtosh kislotaga chidamlidir, ammo uni ishlash qiyin. Qurilishda qumtosh pardozbop betonlar
uchun to‘ldirgich, yo‘lka va zinalar uchun plitalar sifatida ishlatiladi.
Kremniyli qumtoshning ayrim xillari
pardozlangan holda qoplama plita sifatida ham ishlatiladi.
Ohakli qumtosh tabiiy ohak vositasida qumning zichlanishidan hosil bo‘lgan.
Bunday qumtosh kislotaga
chidamsiz, ammo uni ishlash oson.
Gips — yumshoq (qattiqligi 2), zichligi 2100—2200 kg/m
3
ga teng bo‘lgan mineral. Kimyoviy tarkibi
bo‘yicha gips ikki molekula suvli kalsiy sulfatdan tashkil topgan (CaSO
4
2H
2
O). Tuzilishi bo‘yicha gips
oddiy yirik kristall (gips shpati) va ingichka tolali (selenit va donador gips) xillarga bo‘linadi.
Tabiiy gips qurilishda ishlatilmaydi, ammo u gips bog‘lovchi moddalar olishda asosiy xomashyo sifatida
katta ahamiyatga ega. Uning mustahkamligi va chidamliligi katta bo‘lmaganligi
uchun devor va pardozbop
qoplama ashyolar sifatida kam ishlatiladi.
Gips zaxiralari ayniqsa O‘zbekistonda ko‘p tarqalgan.