CHUQURDAGI YAXLIT JINSLAR




Download 1,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/168
Sana19.12.2023
Hajmi1,14 Mb.
#124022
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   168
Bog'liq
Pardozbop qurilish ashyolari. Qisimov E. 2005

CHUQURDAGI YAXLIT JINSLAR 
Granit tiniq sariq yoki och-qora rangda bo‘lib, u asosan tarkibidagi minerallar rangiga qarab o‘zgaradi. 
Granitlar mayda, o‘rta yirik kristalli va porfir kabi yaxlit va qatlam-qatlam (gneys jinsi singari) holatda bo‘ladi.
Granitning o‘rtacha zichligi 2,6—2,8 g/sm
3
, g‘ovakligi (0,5—1,5%) va suv shimuvchanligi esa nihoyatda 
kam. Siqilishdagi mustahkamlik chegarasi 120-250 MPa, issiqlik o‘tkazuvchanlik koeffitsienti 2,5—3,0 
kkal/m 

soat 

grad (Vt/m 

grad) ga teng. Granit ancha qattiq jins (MOOS shkalasiga ko‘ra: 6-7), ammo uni 
qayta ishlash va silliqlash uncha qiyin emas. Granitning erish harorati 1400—1500°C. Harorat 750—800°C ga 
yetganda granit tarkibida kvars kristallari kengayib, uning mustahkamligini kamaytiradi. 
Tosh ashyolar orasida granit yuqori texnik sifatga ega bo‘lganligi sababli qurilishda (yo‘l qurilishlarida, 
gidrotexnika inshootlarida, me’morchilikda, bezak qismlar tayyorlashda) keng qo‘llaniladi. Granit tabiatda har 
xil rangda uchraydi. Undagi dala shpati oq, kulrang, sariq, qizil va binafsha ranglarda bo‘lishi mumkin. Shu 
sababli granit ajoyib pardozbop qurilish ashyosidir. Granit chidamli bo‘lgani uchun ochiq sharoitda va zararli 
muhit ta’sirida ko‘p ishlatiladi. 
Siyenitlar — asosan kaliy shpatidan tashkil topgan (5,0—70%) tog‘ jinsi bo‘lib, granitdan farqi, asosan, 
tarkibida kvars mineralining kamligi yoki mutlaqo bo‘lmasligidadir. Siyenitni silliqlash va pardozlash qiyin 
emas va shu sababli pardozlash ishlarida qoplama plitalar sifatida ham ishlatiladi. Siqilishdagi mustahkamlik 
chegarasi 100—250 MPa, zichligi esa 2600—2700 kg/m
3
. Siyenitlar sariq, qizg‘ish, ko‘k ranglarda uchraydi. 
O‘zbekistonning Ohangaron tumanida siyenit zaxiralari ko‘p. 


Diorit — nordon plagioklaz (70%), rogovaya obmanka, biotit va avgit minerallaridan tashkil topgan tog‘ 
jinsi.
Dioritlar bir tekis kristalli tuzilishga ega. Agar diorit tarkibida kvars miqdori ko‘p bo‘lsa, kvarsli diorit 
deb ataladi. U to‘q-ko‘k va ochiq kulranglarda uchraydi. Qoplama plitalar sifatida ko‘p ishlatiladi. Siqilishdagi 
mustahkamlik chegarasi 150—300 MPa, zichligi 2800-3000 kg/m
3
ga teng. Diorit yo‘l qurilishida va qoplama 
pardozbop ashyolar sifatida ko‘p ishlatiladi. 
Gabbro — tog‘ jinsi, asosan dala shpati (50%), avgit, olivin va piroksen minerallaridan tashkil topgan. 
Gabbro bir tekis yirik donali tuzilishga ega (3.3-rasm). 
Gabbro pardozbop bezak buyumlar tayyorlashda ishlatiladi. Uning zichligi 2900—3000 kg/m
3
, siqilishdagi 
mustahkamlik chegarasi 200—350 MPa ga teng. 

Download 1,14 Mb.
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   168




Download 1,14 Mb.
Pdf ko'rish