tarqalgan kalsiy yoki ohak shpati deb ataluvchi kalsiy karbonati (CaCO
3
) va magniy karbonat (MgCO
3
) tuzlar
guruhiga kiradi. Cho‘kindi jinslardan gips va angidrid (CaSO
4
2H
2
O
CaSO
4
) asosan sulfatlardan iborat.
Maydalangan sochiluvchan cho‘kindi tog‘ jinslarining asosiy xillari quyidagilardir.
Tuproq — kaolinit, kvars, dala shpati, slyuda, kalsiy va magnit karbonatlari va temir oksidi kabi
minerallardan tashkil topgan sochiluvchan jins. Tuproq suv bilan qorishtirilganda plastik holatga o‘tadi.
Quritganda esa o‘z shaklini saqlaydi, ammo qayta suv ta’sirida yana plastik holatga o‘tadi. Bu xususiyat uni
boshqa xomashyolardan ajratib turadi.
Tuproqlar dala shpati kabi tog‘ jinslarining suv, harorat, havodagi karbonat angidrid va mexanik kuchlar
ta’sirida buzilishidan hosil bo‘lgan. Tuproq, asosan sopol
buyumlar ishlab chiqarishda, qorishmalar uchun
plastifikator sifatida va o‘tga chidamli buyumlar tayyorlashda ishlatiladi. Tarkibidagi qum miqdoriga ko‘ra
tuproqlar —og‘ir tuproq, tuproq, qumli tuproq, tuproqli qumlarga bo‘linadi. Tuproqlarning
kimyoviy tarkibi
turlichadir (3.1-jadval).
Tuproqlar ichida kaolin o‘zining kimyoviy tarkibi, tuzilishi va xususiyatiga qarab boshqa tuproqlardan farq
qiladi. U o‘tga chidamli, oq rangda bo‘ladi. Kaolin chinni va tiniq sopol chiqarish sanoatida, qog‘oz, rezina
olishda ko‘p ishlatiladi.
Qum — donalarining kattaligi 0,15 dan 5mm gacha bo‘lgan sochiluvchan jins. Tarkibiga ko‘ra qumlar —
kremniy, dala shpati, ohaktosh va pemzali turlarga bo‘linadi.
Tog‘ va jar qumlari notekis qirrali shaklda bo‘ladi. Bunday qumlarda beton uchun zararli bo‘lgan tuproq,
chang aralashmasi va organik moddalar ko‘p bo‘ladi.
Daryo va dengiz qumi yumaloq, sirti silliq bo‘lib, tarkibida zararli aralashmalar kam bo‘ladi. Ko‘l qumida
esa mayda tuproq zarrachalari ko‘p bo‘ladi.
3.1-jadval