• Diatomit va trepellar
  • METAMORF TOG‘ JINSLARI
  • E qosimov, M. Akbarov




    Download 1,14 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet41/168
    Sana19.12.2023
    Hajmi1,14 Mb.
    #124022
    1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   168
    Bog'liq
    Pardozbop qurilish ashyolari. Qisimov E. 2005

    Chig‘anoq ohaktosh — kalsiy karbonat vositasida chig‘anoqlar, mollyuskalar, tomiroyoqlar va boshqa 
    hayvon hamda o‘simlik qoldiqlarining cho‘kishi va bog‘lanishidan (sementlanishidan) tashkil topgan g‘ovakli 
    jins. 
    Chig‘anoq ohaktoshni arralash oson. Bu esa har xil kattaliklarda pardozbop plitalar, devor uchun bloklar 
    tayyorlashda katta ahamiyatga ega. Uning zichligi 1000—1700 kg/m
    3
    va issiqlik o‘tka-zvchanlik koeffitsienti 
    0,3-0,4 Vt/m 

    grad ga teng bo‘lib, yirik g‘ovak tuzilishga ega. Shu sababli uning sovuqqa chidamlilik 
    ko‘rsatkichi qoniqarli (3.5-rasm). 
    Chig‘anoq ohaktoshni ishlash oson va u yaxshi mixlanadi. Qurilishda, asosan devor ashyolari uchun tosh 
    va bloklar, betonlar uchun yirik to‘ldirgich sifatida ishlatiladi. Chig‘anoq ohaktosh zaxiralari O‘zbekiston va 
    Tojikistonda ko‘p.
    Bo‘r — oq rangli yumshoq jins, 98-99% CaCO
    3
    dan iborat. Bo‘r chig‘anoqning kalsiy tuzlari to‘yingan 
    eritmalari bilan birgalikda cho‘kishidan hosil bo‘lgan. Bo‘r, ohak, sement, shisha, zamazkalar tayyorlashda 
    xomashyo sifatida ishlatiladi. 
    Diatomit va trepellar — oq rangli, parchalangan tog‘ jinslarining cho‘kindisidan hosil bo‘lgan yengil jins. 
    U suvli amorf holatdagi kremniy tuprog‘idan iborat bo‘lib, tomiroyoqlar va sho‘r suvlarda o‘sadigan diatomli 
    o‘simliklardan tashkil topgan. Bu jinslar tabiatda sochiluvchan yoki serg‘ovak, yaxlit holatda uchraydi. 
    Trepel va diatomit jinslarida gidravlik aktiv moddalar 75—96% kremniy bor. Ularning fizik va mexanik 
    xossalari bir-biriga yaqin. Zichligi 350—950 kg/m
    3
    , issiqlik o‘tkazuvchanlik koeffitsienti 0,15—0,20 
    Vt/m 

    grad. Diatomit va trepel issiqlik o‘tkazmaydigan va bog‘lovchi moddalar uchun gidravlik faol 
    qo‘shilma sifatida ishlatiladi. 
    METAMORF TOG‘ JINSLARI 
    Birlamchi va ikkilamchi jinslarni har xil fizik, kimyoviy va mexanik jarayonlar (jinslar o‘rtasidagi o‘zaro 
    reaksiyalar, tektonik jarayonlar, gazlar ta’siri, harorat, yuqori bosim va h.k.) ta’sirida xossalari va shaklining 
    o‘zgarishidan hosil bo‘lgan jinslardir. Metamorf tog‘ jinslariga quyidagilar kiradi. 
    Otilib chiqqan, keyin esa atmosfera ta’sirida ko‘rinishi o‘zgargan jinslar — gneyslar. 
    Ko‘rinishi o‘zgargan cho‘kindi pardozbop jinslar — marmar, kvarsitlar, slanes, asbest. 
    Qurilishda keng tarqalgan asosiy metamorf jinslarning ayrimlari bilan tanishamiz. 
    Gneyslar — granit, kvars porfirlari va ayrim konglomeratlarning atmosfera ta’sirida ko‘rinishi va 
    xususiyatlari o‘zgargan, yaxlit yoki yupqa slaneslar qatlamidan tashkil topgan jins (3.6-rasm). 
    Gneyslar tarkibi bo‘yicha granitga o‘xshash. Ularning zichligi 2400—2800 kg/m
    3
    , siqilishdagi 
    mustahkamlik chegarasi 120—200 MPa. Gneyslar xarsang tosh, beton uchun yirik to‘ldirgich, yo‘lkalar uchun 
    va pardozbop plita sifatida ishlatiladi. 

    Download 1,14 Mb.
    1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   168




    Download 1,14 Mb.
    Pdf ko'rish