Burama yog‘och tolalarining daraxt tanasi bo‘ylab o‘zagi atrofida spiral shaklda o‘ralib joylashishi  yog‘ochning burama nuqsoni




Download 1,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/168
Sana19.12.2023
Hajmi1,14 Mb.
#124022
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   168
Bog'liq
Pardozbop qurilish ashyolari. Qisimov E. 2005

Burama yog‘och tolalarining daraxt tanasi bo‘ylab o‘zagi atrofida spiral shaklda o‘ralib joylashishi 
yog‘ochning burama nuqsoni deb ataladi. 
Chirmoq deb to‘g‘ri yo‘nalishdagi tolalarning ko‘z (butoq asosi) atrofida egrilanib joylanishiga aytiladi. 
Chirmoq daraxt tanasidagi «ko‘z» va shoxlar bor joyda hosil bo‘ladi. 
Yog‘och tolalari to‘lqinsimon yoki tartibsiz yo‘nalishda joylashganligi, daraxtning bir me’yorda 
o‘smaganligidan darak beradi. Bunga uning chigalligi deb ataladi. Chigallik daraxt tanasida ayrim joylarda 
bo‘lishi mumkin. Ko‘pincha chigallik tananing yerdan chiqqan qismida uchraydi. 
Royka. Xodaning to‘lqinsimon doira shaklidagi quyi qismi royka deb ataladi. Roykali xoda tilinganda, 
undan qurilish uchun yaroqli taxta kam chiqadi. 
Amalda juda ko‘p uchraydigan nuqsonlardan biri — daraxt tanasi diametrining quyi qismidan uchiga 
tomon kichrayib borishidir. Bunday xoda tilinganda undan ko‘p miqdorda pushtaxta chiqadi. Qurilish uchun 
yaroqli pushtaxtaning mexanik xossalari sifatsiz bo‘ladi. Chunki arralash natijasida ko‘p tolalarining butunligi 
buziladi. Ko‘pincha daraxt zich sharoitda emas, balki yakka o‘ssa, uning tanasi to‘g‘ri bo‘lmaydi. Tananing 
egriligi bir yoki har tomonlama yo‘nalishda bo‘lishi mumkin. Bunday nuqson xodadan sifatli yog‘och 
ashyolari olishga imkon bermaydi.
Kren deb daraxtning nobop o‘sishi natijasida yillik qatlamlarining g‘ayritabiiy ravishda bir tomonlama 
yo‘g‘onlashishiga aytiladi. Kren daraxt tanasida ekssentrisitet hosil qiladi va uning bir tomonga egilishiga 
sabab bo‘ladi. Bunday holatni daraxt doimo bir tomonlama shamol ta’sirida bo‘lganida ko‘proq uchratish 
mumkin. 


Ko‘zlar — yog‘ochning, xususan, duradgorlik hamda mebel ishlari uchun mo‘ljallangan taxtalarning 
jiddiy kamchiliklaridan biridir. Ko‘zlar yog‘och sifatini pasaytiradi, uskunalarda ishlashni qiyinlashtiradi va 
yog‘ochning mexanik xossalariga yomon ta’sir ko‘rsatadi. Bunday yog‘ochni ishlash vaqtida ko‘zi tushib ket-
maydigan va yog‘ochning asosiy tanasiga ulanib o‘sgan sog‘lom butoqli (ko‘zli) yog‘och ashyolar uncha 
pishiq bo‘lmasada, ularni yog‘och konstruksiyalar uchun ishlatish mumkin. Tanadan chiqqan butoqning asosi 
deb ataluvchi bunday ko‘zlar, daraxtning bir butunligiga putur yetkazadi, undagi tolalar yo‘nalishini 
o‘zgartiradi. Yog‘ochning pishiqlik darajasi undagi ko‘zlar miqdori va joylanishi bilan aniqlanadi. 
Cho‘zilishga yoki egilishga ishlaydigan yog‘och konstruksiyalarda ko‘zlarning bo‘lishi xavflidir. 
Daraxt butoqlarining katta-kichikligiga qarab, yog‘ochdagi ko‘zlar asosan quyidagi ikki guruhga bo‘linadi: 
to‘la yetilgan va yetilmay qurib qolgan ko‘zlar. Birinchi guruhga kiruvchi butoq asosi sog‘lom va o‘ta qattiq 
bo‘ladi. Sog‘lom ko‘zda hech qanday chirish alomatlari bo‘lmaydi, rangi jihatidan o‘zining bir oz to‘qligi 
bilan yog‘och rangidan ajralib turadi. Bu esa ko‘zning yupqa qatlamli va o‘ziga xos yillik halqalardan tashkil 
topganligini bildiradi. To‘la yetilgan butoqli xodadan yupqa taxtalar tilinsa ham, undagi sog‘lom ko‘zlar tushib 
ketmaydi, chunki ko‘zdagi yillik qatlamlar bilan tana qatlamlari juda pishiq bog‘langan bo‘ladi. O‘ta qattiq 
ko‘zlar ham sog‘lom yog‘ochlikka ega, ammo rangining juda to‘qligi uni yaqqol ajratib turadi. O‘ta qattiq 
ko‘zlar yog‘och smolaga to‘la to‘yingan va tarkibida har xil moddalar ko‘p bo‘ladi. Yetilmay qurib qolgan 
ko‘zlar yog‘och sifatini ancha pasaytiradi. Bunday ko‘zlar tilingan yog‘och ashyolarida yoriqlar hosil qilishi 
(ko‘z taxtadan chiqib ketadi) yoki yog‘ochda chirish kasalliklarining kelib chiqishiga sabab bo‘lishi mumkin. 
Yetilmay qurib qolgan ko‘zlarda yillik qatlamlar tana qatlamlaridan ajralgan bo‘ladi. Quriganda bunday 
ko‘zlar osongina chiqib ketadi. Rangi qora, shuningdek, yumshab qolgan g‘ovak ko‘zli yog‘ochlarni qurilishda 
ishlatib bo‘lmaydi. 
Daraxt tanasida butoqlarning joylanishiga va uning tanasi qanday yo‘nalishda tilinishiga qarab, ko‘zlar 
taxta yoki to‘sin sirtida doira, tuxumsimon, pona singari bo‘ladi. Tilingan yog‘och ashyolarda tana bilan 
tolalari ulanib ketgan ko‘zlar ko‘p uchraydi. Bunday ko‘zlar qoziq singari yog‘ochning o‘zak nurlari yo‘na-
lishida joylashgan bo‘lib taxta yoki to‘sin sirtiga chiqib turadi.
Bargli va ignabargli tilingan ashyolarda, ayniqsa, qarag‘ayda panjasimon ko‘zlar ko‘p uchrab turadi. Taxta 
sirtida bunday ko‘zlar simmetrik ravishda joylashgan bo‘lib, tuxumsimon shaklda o‘zak tomon cho‘zilib 
ketadi. Taxta sirtidagi ko‘zlarning katta-kichikligini aniqlash uchun ularning diametri va oralaridagi masofa 
o‘lchab topiladi. Keyin, taxta yoki to‘sin sirtining necha foizini ko‘zlar tashkil etganligi aniqlanadi. 
Yog‘ochning mustahkamligi undagi ko‘zlar soniga, katta-kichikligiga, shuningdek, yog‘och 
konstruksiyaning qaysi qismida joylashganligiga bog‘liq. Ayniqsa, yog‘och konstruksiyaning egi-luvchan 
qismida joylashgan ko‘zlar uning mustahkamligini juda pasaytiradi. To‘sinbop yog‘och balandligining 0,1 
qismini ko‘z tashkil etsa, uning egilishga bo‘lgan mustahkamligi 10—12% ga, 0,25 qismi yirik ko‘zdan iborat 
bo‘lganda esa 25—30% ga kamayadi. 
Agar taxta to‘sin yoki boshqa duradgorlik buyumlarida chirigan yoki rangi o‘zgargan ko‘zlar bo‘lsa, ularga 
ishlov berish kerak. 

Download 1,14 Mb.
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   168




Download 1,14 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Burama yog‘och tolalarining daraxt tanasi bo‘ylab o‘zagi atrofida spiral shaklda o‘ralib joylashishi  yog‘ochning burama nuqsoni

Download 1,14 Mb.
Pdf ko'rish