og‘irlik katta bo‘lganda buning aksi bo‘ladi. Yog‘ochning hajmiy og‘irlik ko‘rsatkichi yordamida undan
ishlangan konstruksiyaning og‘irligini, tashish uchun sarflanadigan transport xarajatlarini va h.k.
aniqlash
mumkin.
Yog‘och quriganda
kichrayish (kirishish) va
tob tashlash xossalariga ega. Yog‘och tolalari
to‘yingan
(yog‘och namligi 20—28% ga kamaygan) nuqta darajasiga yetgandan keyin yog‘ochda
bunday holatlar
boshlanadi. Yog‘och tolalarining to‘yingan nuqta darajasi yog‘ochdan ishlangan buyumlar yoki taxtalarni
quritishda katta ahamiyatga ega. Chunki qurish jarayonida yog‘ochdan avval erkin holatdagi suv, keyin
gigroskopik, va nihoyat, moddalarning parchalanishi hisobiga kimyoviy birikkan suv bug‘lanib ketadi. Erkin
holatdagi suv yo‘qolgunga qadar yog‘och xossalari o‘zgarmaydi. Gigroskopik
va kimyoviy birikkan
suvlarning yo‘qolishi natijasida, yog‘ochda hajmiy va chiziqli kirishish boshlanadi, zichligi va pishiqligi
ortadi. Yog‘och hujayralaridagi va hujayralari orasidagi namlikning yo‘qolishi hujayra naychalari, tolalari va
pardalarini o‘zaro
yaqinlashtiradi, natijada yog‘ochning umumiy hajmi kichrayadi.
Yog‘ochning kirishish ko‘rsatkichini aniqlash uchun hajmi va tomonlari o‘lchangan nam namunani turg‘un
vazngacha quritib, yana hajmi va tomonlari qayta o‘lchanadi va qanchaga kirishganligi aniqlanadi.
Yog‘och hamma tomoni bo‘ylab bir xil kirishmaydi. Qaysi jinsli yog‘och bo‘lmasin u tolalari bo‘ylab eng
kam, ya’ni 1 metrga 1 mm (0,1—0,4%) tangental kesimi bo‘ylab eng ko‘p (6—12%) kirishadi.
Bir me’yorda va sekin quritilgan yog‘och butun hajmi bo‘ylab bir xilda kirishadi: bunda yoriqlar soni ham
ancha kam bo‘ladi.
Yog‘och tomonlari bo‘ylab turlicha kirishadi, yog‘ochda ichki kuchlanishlarning paydo bo‘lishiga sabab
bo‘ladi. Tez quritilgan to‘rt qirrali yog‘och to‘sinidagi yoriqlarni 2.11-rasmda ko‘rish mumkin.
G‘o‘la yog‘ochlar quriganda ularning diametri, taxta hamda to‘sinlar quriganda
esa eni va qalinligi
kichrayadi, ammo bo‘yi deyarli qisqarmaydi. Daraxt tanasining o‘zagidan uzoqroq qismidan tilingan taxtalar
o‘rta qismidan tilingan taxtalarga qaraganda ko‘proq tob tashlaydi. Bu yog‘ochning yillik qatlamlarini ko‘proq
qurishi natijasida hosil bo‘ladi.
Tasvir (tekstura) — yog‘ochning har xil yo‘nalishda kesilgan yuzasi chiroyi. Yog‘och qayta ishlangandan
keyin, uning yuzasidagi tasvir yana ham ochiladi, qanday kesilishi va zichligiga qarab o‘zgaradi.
Har bir jinsdagi yog‘ochning o‘ziga xos tasviri bor. Pardozbop ashyolar va mebellar ishlab chiqarishda
eman, chinor, qora qayin, nok kabi daraxt jinslari alohida o‘rin tutadi. Yog‘och
yuzasini silliqlab, keyin lok
surtilsa, uning tasviri yanada ochiladi. Chirish jarayoni boshlangan yog‘ochda, uning yaltiroqligi va tasviri
yo‘qola boshlaydi.
Yog‘och issiq-sovuqni o‘zidan kam o‘tkazadi. Bu yog‘ochning g‘ovakligiga, tolalari yo‘nalishiga,
namligiga, shuningdek, hajmiy og‘irligiga bog‘liq. Yog‘ochning hajmiy og‘irligi katta, namligi yuqori bo‘lsa,
bo‘shliqlarida havo kam bo‘ladi, binobarin, yog‘och issiq-sovuqni ko‘proq o‘tkazadi. Yog‘och issiq-sovuqni
tolalari bo‘ylab ko‘ndalang yo‘nalishdagiga nisbatan 2 barobar ko‘p o‘tkazadi.