• Yog‘ochning jinsiga ko‘ra statik egilishga mustahkamligi
  • Yog‘ochlarning mixni ushlash qobiliyati Yog‘ochdagi nuqsonlar va kasalliklar.
  • E qosimov, M. Akbarov




    Download 1,14 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet30/168
    Sana19.12.2023
    Hajmi1,14 Mb.
    #124022
    1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   168
    Bog'liq
    Pardozbop qurilish ashyolari. Qisimov E. 2005

    Egilishga mustahkamligi. Yog‘och eguvchan statik kuchga katta qarshilik ko‘rsata oladi. Yog‘ochning 
    tolalari bo‘ylab egilishga mustahkamlik chegarasi cho‘zilishga nisbatan salkam 2 barobar ko‘p. Shuning uchun 
    ham, qurilishda yog‘och egilishga ishlaydigan konstruksiyalar (ko‘priklar qurilishida to‘sin, ferma, so‘ri va 
    h.k.) sifatida keng ishlatiladi. 
    Yog‘ochning statik egilishga mustahkamlik chegarasini aniqlash uchun tajribaxona sharoitida randalab 
    silliqlangan taxtadan 20

    20

    300 mm o‘lchamli namunalar tayyorlanadi va gidravlik zichlagichda sinaladi.
    Yog‘ochning jinsiga ko‘ra statik egilishga mustahkamlik chegarasi 2.3-jadvalda keltirilgan. 
    2.3-jadval 
    Yog‘ochning jinsiga ko‘ra statik egilishga mustahkamligi 
    Yog‘ochning eng muhim texnik xossalaridan biri mix, burama mix va shunga o‘xshashlarni o‘zida 
    mahkam ushlay olishidir. Yog‘ochlarning bu xossasi mukammal tekshirilgan. Yog‘ochga mix qoqilganda u 
    pona singari tolalarni o‘zaro ajratadi, ayrim hollarda tolalarni kesadi. Tolalar pishiq va elastik bo‘lganligi 
    uchun qoqilgan mixni mahkam ushlab turadi. Ayrim jinslarda (eman, tilog‘och, qora qayin) mix qoqish 
    paytida darzlar hosil bo‘ladi. Qarag‘ay, archa va zirk kabi daraxtlar yog‘ochlariga mix osongina qoqilishi 
    mumkin. Eman mix yoki burama mixni ignabargli jinslarga nisbatan 1,5-2 marta mahkam ushlaydi. 
    Yog‘ochlarning mixni ushlash qobiliyati 2.4-jadvalda keltirilgan. Taqqoslash uchun eng mustahkam grab 
    jinsining mixni ushlash qobiliyati 100 deb olingan. 
    2.4-jadval 
    Yog‘ochlarning mixni ushlash qobiliyati 
     
     
    Yog‘ochdagi nuqsonlar va kasalliklar. Agar daraxt yomon sharoitda o‘sib mexanik kuch ta’sirida 
    shikastlansa, ularda har xil nuqsonlar va kasalliklar paydo bo‘ladi. Bular yog‘ochning qurilish uchun talab 
    qilinadigan texnik sifatini pasaytiradi. 
    Yog‘ochdagi nuqsonlar qurilish konstruksiyalari va buyumlarini tayyorlashda, ulardan foydalanishda juda 
    katta ta’sir ko‘rsatadi. Yog‘ochdan ko‘pgina nuqsonlar, avvalo daraxtning o‘sish jarayonida paydo bo‘ladi. 
    Lekin o‘sib turgan daraxtdagi nuqsonlar miqdorini uni kesishdan oldin bilish qiyin. Yog‘ochdagi ayrim 
    nuqsonlar uni tayyorlash, tashish va saqlash jarayonida paydo bo‘ladi. Quyida ko‘p uchrab turadigan nuqsonlar 
    to‘g‘risida qisqa ma’lumot keltirilgan. 

    Download 1,14 Mb.
    1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   168




    Download 1,14 Mb.
    Pdf ko'rish