Yettinchi «mo‘jiza» Misrda Nil daryosining dengizga quyilish joyida




Download 1,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/168
Sana19.12.2023
Hajmi1,14 Mb.
#124022
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   168
Bog'liq
Pardozbop qurilish ashyolari. Qisimov E. 2005

Yettinchi «mo‘jiza» Misrda Nil daryosining dengizga quyilish joyida Zaros orolida bo‘lgan. Uni 
Iskandariya mayog‘i deb atashgan. Iskandar Zulqarnayn Misrni zabt etgandan keyin o‘ziga yangi poytaxt —
Iskandariya shahrini quradi. Shaharga kemalar qatnovini yaxshilash uchun miloddan avvalgi 280-yilda Faros 
orolining sharq tomonida — Iskandariya shahri yonida mayoq qurishga qaror qiladi. Uning loyihasini o‘z 
zamonasining mashhur arxitektori Knidli Sostrat yaratgan. Mayoq minora shaklida qurilgan. U uch qavatli 
bo‘lib, balandligi 120 metr edi. Mayoq poydevori to‘rtburchak shaklida, har bir tomoni 30,5 metrga teng edi. 
Uni dastlab xarsang plitalar bilan ishlab, ikkinchi qavatini sakkiz qirrali toshlardan qurishgan va ajoyib 
marmar plitalar bilan pardoz berishgan. Minoraning qirralari sakkiz tomondan esadigan asosiy shamol 
yo‘nalishlariga mo‘ljallab qurilgan. Uchinchi qavati esa yumaloq qubbali minora shaklida bo‘lib, uning ustiga 
dengiz xudosi — Poseydonning bronzadan ishlangan ulkan haykali o‘rnatilgan. Uchinchi qavatning 
qubbalarini granit ustunlar tutib turar edi. Xuddi mana shu yerda gulxan yoqilardi. Gulxan alangasi uzoq 
masofadan ko‘rinib turishligi uchun maxsus ko‘zgular o‘rnatilgan. Mayoqdagi xonalarda butun boshli bir 
garnizon askarni joylashtirsa bo‘lardi. Mayoq faqat kemalarga yo‘l ko‘rsatibgina qolmay, o‘ziga xos kuzatuv 
punkti ham bo‘lgan. Arab tarixchilarining yozishiga qaraganda, mayoqning ikkinchi qavatini, ya’ni sakkiz 
qirrali minorani juda ko‘p bronza haykalchalar bezab turgan. Haykalchalardan biri Quyosh qaysi tomonga 
o‘tsa, o‘sha tomonga qarab aylanar ekan, kechasi-yu kunduzi har soatda bir marta bong urgan. Yana bir 
haykalcha dushman kemasi yaqinlashayotganda harakatga kelib, dengizga ishora qilgan va ovoz chiqarib xabar 
bergan. Albatta, bu hikoyalar mubolag‘adan xoli emas, lekin shu narsa aniqki, Farosdagi mayoq dunyoda tengi 
yo‘q yagona inshoot bo‘lgan. Zamonlar o‘tishi bilan nam havo va to‘xtovsiz shamollar mayoqqa o‘z ta’sirini 
o‘tkazdi. XIV asrdagi zilzila natijasida mayoq batamom vayron bo‘ldi. Bizgacha mayoqning poydevorigina 
yetib kelgan, xolos. 
Dunyoning yetti «mu’jiza»si taqdiri ana shunday bo‘lgan: Misr ehromlaridan boshqa hamma haykal va 
inshootlar yo‘qolib ketdi. Lekin ular haqidagi xotira asrlar osha tarixiy manbalarda yashab kelmoqda. Ulardan 
keyin — eng qadimgi davrdan boshlab hozirga qadar inson qo‘li bilan yaratilgan, go‘zalligi bilan hammani 


hayratga soluvchi har qanday ajoyib san’at durdonasini dunyoning sakkizinchi «mo‘jiza»si deb atash 
qadimdan qolgan. 
Sinov savollari 
1. Qurilish ashyolarining ko‘rsatkichlariga ko‘ra tasnifi. 
2. Qurilish ashyolari fani va uning nazariy asoslari. 
3. Standartlash tizimi va me’yoriy hujjatlar. 
4. Qurilish ashyolarining zichligiga, g‘ovakligiga ko‘ra xossalarini izohlang. 
5. Qurilish ashyolarining xossalari, sifati va umumiylik haqida tushuncha. 
6. Qurilish ashyolarining suv shimuvchanligi, zararli muhit va muzlashga chidamliligini izohlang. 
7. Qurilish ashyolarining issiqlik o‘tkazuvchanlik koeffitsienti bilan zichligi o‘rtasidagi bog‘liqlik. 
8. Mexanik xossalarning qanday turlarini bilasiz. 
9. Mo‘rtlik va mustahkamlik nima? 
10. Mustahkamlik ko‘rsatkichlarini aniqlash formulalarini yozing. 
11. Qurilish ashyolarining zarbga va ishqalanishga bo‘lgan qarshiliklarini misollar bilan tushuntirib bering. 
12. Qurilish ashyolarining estetik xossalariga misollar keltiring. 
13. Rangning to‘yinganligi nima, xromatik va axromatik ranglarga tushuncha bering. 
14. Qurilish ashyolarining tasviri va teksturasini misollar bilan tushuntirib bering. 

Download 1,14 Mb.
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   168




Download 1,14 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Yettinchi «mo‘jiza» Misrda Nil daryosining dengizga quyilish joyida

Download 1,14 Mb.
Pdf ko'rish