• Faktura
  • QIZIQARLI MA’LUMOTLAR DUNYONING YETTI MO‘JIZASI
  • E qosimov, M. Akbarov




    Download 1,14 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet19/168
    Sana19.12.2023
    Hajmi1,14 Mb.
    #124022
    1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   168
    Bog'liq
    Pardozbop qurilish ashyolari. Qisimov E. 2005

    Rangning to‘yinganligi — bo‘yalayotgan obyektdagi xromatik va axromatik ranglarning bir xil 
    yorug‘likdagi ko‘rinishining farqidir. 
    Pardozbop qurilish ashyolarining rangini unga har xil rangdagi pigmentlar qo‘shish orqali ham o‘zgartirish 
    mumkin. Pigmentlar, asosan pardozbop qurilish ashyolarini ishlab chiqarishda ko‘plab ishlatiladi. Chunki 
    pardozbop qurilish ashyolarining arxitektura shakli binoning ko‘rkamligini aniqlab beradi.
    Faktura — bu pardozbop ashyolarning yuzasi tuzilishining ko‘rinishi. Ya’ni ularning jiloli, yaltiroq, silliq 
    va relyefli tasvir turlaridir.
    Tekstura — bu yog‘och, tabiiy tosh va boshqa ashyolar yuzasidagi tabiiy tasvir. Pardozbop qurilish 
    ashyolarining tasviri etalon namunalar bilan solishtirib aniqlanadi. Bunda ularning o‘lchamlari va ranglarining 
    keskin farq qilishi katta ahamiyatga ega. Tasvir qora rangga nisbatan och ranglarda ravshan ko‘rinadi. 
    Pardozbop qurilish ashyolarining estetik xossalari bino va inshootlarga arxitektura shaklini berishda 
    muhim o‘rin tutadi. Tabiiy qurilish ashyolari bilan bir qatorda sun’iy pardozbop qurilish ashyolari ishlab 
    chiqarish jarayonida, ularga arxitektura shaklini berish bilan estetik xususiyatini yaxshilash mumkin. Hozirgi 
    kunda turli tasvir va ranglarni beton, plastmassa va boshqa ashyolarga berish rivojlanib bormoqda. 
    QIZIQARLI MA’LUMOTLAR 
    DUNYONING YETTI MO‘JIZASI 
    Qadimdan Jahon xalqlarini hayratga solib kelgan qadimiy mashhur inshootlar va haykaltaroshlik 
    yodgorliklarini san’at mo‘jizalari deb atashgan. Afsuski, inson aql-zakovati va qo‘ligul ustalar yaratgan bu 
    ajoyib yodgorliklardan bizning davrimizgacha, afsuski bittasigina yetib kelgan, xolos. U ham bo‘lsa, Misr 
    ehromlari — piramidalaridir. Misr poytaxti — Qohiraning janubida, Nil vodiysining Liviya sahrolari 
    boshlanadigan qaynoq qumlar ustida oq va sarg‘ish rangli, o‘tkir qirrali bahaybat sun’iy «tog‘» ko‘zga 
    tashlanadi. Bular ehromlardir. 
    XIII asrda yashagan sayyohlardan biri bu ehromlarni ko‘rib: «Dunyoda hech bir narsa vaqtga dosh 
    berolmaydi, lekin bu ehromlardan vaqt ham hayiqadi», degan edi. Chindan ham bu ulkan sag‘analar bugungi 
    kunimizda ham xuddi qadimgiday salobat bilan turibdi. Ehromlarning eng yuksagi fir’avn Xufu (Xeops) 
    piramidasidir. Uning balandligi 147 metr, bundan qariyb 5 ming yil ilgari, ya’ni miloddan avval VIII asrda 
    qurilgan. Xufu ehromining har bir tomoni 233 metrga teng, atrofini bir marta aylanib chiqish uchun bir 
    kilometrdan ko‘p yo‘l bosish kerak. Bu ehrom silliqlab tarashlangan va jilo berilgan 2 mln 300 mingta 
    ohaktosh plitalaridan tiklangan. Har bir plitaning og‘irligi ikki tonnaga yaqin. Kattaligi jihatidan Xufu 
    ehromidan keyin fir’avn Xafra (Xefren) piramidasi turadi. U Xufu ehromidan 2 metr past. Ehrom oldida yaxlit 
    qoya tiklanib, unga bosh qismi odam boshiga o‘xshatib ishlangan sher shaklini eslatuvchi haykal yasalgan. Bu 
    haykal Sfinks deb ataladi. Sfinks obrazi inson kabi donolik va sher kabi kuchlilik ramzini ifodalaydi. Mahalliy 
    aholi uni «Abul Xavl dahshat otasi» deb yuritadi. Misrdagi bu topilmalar XX asrda butun dunyoga mashhur 
    bo‘lib ketdi. Ayniqsa, Tutanxamon sag‘anasining topilishi juda katta shov-shuvga sabab bo‘ldi. Bu fir’avnning 
    piramidasi bizning kunlarimizgacha saqlanib qolganining o‘zi mo‘jizadir. Tutanxamon ehromi miloddan avval 
    qanday qurilgan bo‘lsa, olimlar ko‘z o‘ngida shundayligicha namoyon bo‘ldi. Maqbara ichidan Qadimgi Misr 
    saroylariga oid anchagina boyliklar — oltin va kumushdan yasalgan haykalchalar, turli idishlar, muhrlar 
    topildi. Maqbaradagi juda ko‘p jihozlar, oltin buyumlar va niqoblar bilan bezatilgan fir’avnning 
    mo‘miyolangan jasadiga qo‘l tekkizilmagan edi. 

    Download 1,14 Mb.
    1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   168




    Download 1,14 Mb.
    Pdf ko'rish