Egilishdagi mustahkamlik chegarasi. Qurilish ashyolarining mustahkamligini
aniqlashda ular egilishga
ham sinaladi. Buning uchun sinalayotgan ashyodan ko‘ndalang kesimi kvadrat yoki to‘g‘ri to‘rtburchakli qilib
namunalar tayyorlanadi.
Ayrim ashyolar tayyor buyum holatida (g‘isht, cherepitsa, tombop shifer va h.k.) sinaladi.
Ashyolarni
egilishga sinaganda namuna ikki tayanchga qo‘yiladi va uning o‘rtasiga kuch ta’sir ettiriladi.
Odatda, qurilish ashyolaridagi buzilish alomatlari (darz, yoriq va h.k.), ularning cho‘zilish bo‘lagidan
boshlanadi. Ba’zi qurilish ashyolarining cho‘zilishdagi va egilishdagi mustahkamligi 1.7-jadvalda keltirilgan.
1.7-jadval
Ba’zi qurilish ashyolarining cho‘zilishdagi
va egilishdagi mustahkamligi
Zarbga qarshilik. Tabiiy va sun’iy tosh ashyolar avtomobil yo‘llari, yo‘lkalar,
pol va poydevorlarga
ishlatilganda, ular zarb kuchi ta’siriga sinab ko‘riladi.
Tosh ashyolarni zarbga sinash uchun namuna diametri va balandligi 25 mm bo‘lgan silindr to‘qmoq tagiga
o‘rnatiladi.
Ashyoning zarbga qarshilik ko‘rsatuvchanligi, standart namunani buzish uchun
sarf etilgan ish miqdori
yoki hajm birligiga (kg/sm
3
) sarflangan solishtirma ish bilan ifodalanadi.
Qattiqlik. Ashyolarga o‘zidan qattiq jism botirilgandagi qarshilik ko‘rsatuvchanlik
xususiyati uning
qattiqligi deb ataladi.
Ashyolarning qattiqlik darajasi bir necha usullar bilan aniqlanadi. Uning o‘lcham birligi ham turlichadir.
Shuning uchun qattiqlikni umumiy bir miqdor deb tushunmoq lozim. Bir jinsli
tosh ashyolarning qattiqlik
darajasi 1.8-jadvalda keltirilgan. Ashyolarning qattiqligi Moos shkalasi orqali aniqlanadi. Ashyoning qattiqligi
uning tekis yuzini yuqorida keltirilgan minerallardan biri bilan tirnab aniqlanadi.
1.8-jadval