• Estetik xossalar.
  • Nyuton spektri
  • Adgeziya. Ashyolarning boshqa ashyolarga yopishishini ifodalovchi ko‘rsatkich adgezion mustahkamlik




    Download 1,14 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet18/168
    Sana19.12.2023
    Hajmi1,14 Mb.
    #124022
    1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   168
    Bog'liq
    Pardozbop qurilish ashyolari. Qisimov E. 2005

    Adgeziya. Ashyolarning boshqa ashyolarga yopishishini ifodalovchi ko‘rsatkich adgezion mustahkamlik 
    deb yuritiladi. Ikkita har xil ashyoning adgeziyasi ularning tabiati, shakli va tegib turgan yuzalari holatiga 
    bog‘liq. Adgeziya ko‘rsatkichlari asosan kompozitsion ashyolar va buyumlar olishda katta ahamiyatga ega.
    Estetik xossalar. Arxitektura shakllarining inson ongiga emotsinal ta’siri pardozbop ashyoning estetik 
    xossalari bilan bog‘liq. Pardozbop ashyoning estetik xossalariga, uning rangi, shakli, fakturasi, teksturasi va 
    shu kabilar kiradi. Bu xossalar bino va inshootlarning fasadi, umumiy ko‘rkamliligini oshirishda katta 
    ahamiyatga ega.
    Rang-ko‘rinishni sezish va his qilish tuyg‘ulari orqali ashyo yoki binoning estetik holatiga baho beriladi. 
    Biz kuzatayotgan har qanday jismda rang bo‘lib, uni ko‘rib idrok qilamiz. 
    Oq (rang)-yorug‘lik har xil rangli nurlarning majmuasidan iborat. Buni Isaak Nyuton 1666-yilda quyosh 
    nurini maxsus asbob orqali o‘tkazib kashf etdi. U oq ekranda har xil rangli yo‘llarni ko‘rdi. Unda ranglar 
    kamalak yoyi tartibida joylashganligi aniqlanadi. Quyosh nurining tarkibiy qismlarga ajralishidan hosil 
    bo‘lgan rang Nyuton spektri deb ataladi.
    Spektrga qarab ayrim ranglar o‘rtasidagi chegaralarni aniq ko‘rsatib bo‘lmaydi, chunki har qaysi rang asta-
    sekin boshqa rangga o‘tib ketadi. Shuning uchun ham, spektr uzluksiz deyiladi. Spektrda yettita rangni ajratib 
    ko‘rsatish qabul qilingan. Ular quyidagi tartibda joylashgan: qizil, to‘q-sariq, yashil, havorang, ko‘k, binafsha 
    va zangori ranglar.
    Pardozbop qurilish ashyolarining ranglarini ikki turga ajratish mumkin — axromatik (rangsiz) va 
    xromatik (rangli). Axromatik ranglarga oq va qora ranglar, shuningdek, oq va qora ranglarni har xil 
    nisbatlarda aralashtirib olinadigan barcha kulrang bo‘yoqlar kiradi. Axromatik ranglar spektrda yo‘q. Ular bir-
    biridan spektrning ko‘zga ko‘rinadigan qismidagi barcha ranglarni bir xil qaytargan holda, yorug‘likni har xil 
    qaytarishi bilan farq qiladi. Shuning uchun ham bizga oq, kulrang va qora rang bo‘lib ko‘rinadi. Axromatik 
    ranglardan boshqa hamma ranglar xromatik ranglar deb ataladi. Spektrning barcha ranglarini oq-qora ranglar 
    bilan ma’lum nisbatlarda aralashtirib olingan boshqa ranglar xromatik ranglarga kiradi. Inson 300 ga yaqin 
    axromatik va 10000 ga yaqin xromatik ranglarni ajratish imkoniyatiga ega.
    Har qanday xromatik rang 3 xil xossaga ega. Ular rang-tusi, yorqinlik va to‘yinganlik xossalaridir. Rang-
    tusi spektrning tegishli uchastkasi to‘lqinining uzunligi bilan belgilanadi.
    Agar biror xromatik rangga uning yorqinligiga teng bo‘lgan kulrang qo‘shilsa, bu xromatik rangning 
    to‘lqin uzunligi bilan aniqlanadigan rang-tusi o‘zgarmaganidek, yorqinligi ham o‘zgarmaydi. Biroq hosil 


    bo‘lgan rang avval olingan spektr rangidan farq qiladi. Uning to‘yinganligi o‘zgaradi, lekin xromatik rangning 
    tozaligi kamayadi. 

    Download 1,14 Mb.
    1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   168




    Download 1,14 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Adgeziya. Ashyolarning boshqa ashyolarga yopishishini ifodalovchi ko‘rsatkich adgezion mustahkamlik

    Download 1,14 Mb.
    Pdf ko'rish