Koshona g‘oyat hashamatli qilib bezatilgan, peshtoqiga noyob haykalchalar ishlangan. Miloddan avval 356-
yilda Gerostrat degan kimsa nom chiqarish maqsadida ibodatxonaga o‘t qo‘yadi.
Lekin uning nomi tarixda
bema’ni vahshiylik ramzi bo‘lib qoldi.
Gretsiyaning janubida, Olimp tog‘lari etagida, Olimpiada o‘yinlari vatanida
shuhrati olamga taralgan
ibodatxona bo‘lib, uning to‘rida yunonlarning oliy xudosi — Zevs qiyofasi tasvirlangan haykal o‘rnatilgan. Bu
haykal o‘z zamonasining mashhur haykaltaroshi Fidiy tomonidan 2400 yildan ko‘proq vaqt ilgari yasalgan.