|
Zevs haykali — to‘rtinchi «mo‘jiza»dirBog'liq Pardozbop qurilish ashyolari. Qisimov E. 2005Zevs haykali — to‘rtinchi «mo‘jiza»dir. Haykal nihoyatda ulug‘vor bo‘lib, balandligi 14 metr. Zevs xudosi
oltin, fil suyagi, qora daraxt va qimmatbaho toshlardan ishlangan taxtda o‘tirgan. Uning boshi zaytun daraxti
novdalaridan yasalgan gulchambar bilan bezatilgan. Bu — xudolar va odamlar hukmdori, osmon,
momaqaldiroq xudosining tinchliksevarligi belgisi. Zevsning boshi, yelkasi, qo‘llari fil suyagidan ishlangan,
chap yelkasiga tashlangan kiyimi, sochi va soqoli oltindan yasalgan. Afsuski, bu haykal ham bizgacha yetib
kelmagan: yong‘in vaqtida batamom vayron bo‘lgan. Hozirgi vaqtda tarixchilar yunon yilnomachilari yozib
qoldirgan ma’lumotlar asosida Zevs haykalini tasvirlab bermoqdalar. Dunyoning beshinchi «mo‘jiza»si
Kichik Osiyoda, uncha katta bo‘lmagan Karnya podsholigi poytaxti — Galikarnasdagi (Turkiyaning hozirgi
Bodrum shahri) podsho Mavsol va uning xotini Artemisiya maqbarasidir. Nihoyatda muhtasham bo‘lgan bu
maqbara miloddan avval IV asr o‘rtalarida qurilgan. Maqbara binosi uch qavatdan iborat bo‘lib, birinchi qavati
zinasimon poydevor shaklida oq marmardan ishlangan. Bu qavatda podsho va uning xotinini qabri qo‘yilgan.
Ikkinchi qavatda chiroyli marmar ustunlar bilan bezatilgan xonalar bo‘lib, bu xonalar podsho va malika
sharafiga turli marosimlar o‘tkazish uchun mo‘ljallangan. Keyingi qavat bino tomiga qadar zinasimon
piramida shaklida, marmardan ishlanib, eng yuqori qismida to‘rt ot qo‘shilgan aravani haydab borayotgan
Mavsol va Artemisiya tasviri marmar haykal tarzida ifoda etilgan. Maqbaraning kirish qismida marmardan
yasalgan sher haykallari hamda ot minib borayotgan chavandozlar tasvirlangan. Mavsol va malika haykali,
shuningdek, maqbaraning ba’zi bezak buyumlari hozir Londondagi Britaniya muzeyida saqlanadi. Yana shu
ma’lumotni bilib qo‘ying: maqbara so‘zining yunoncha nomi —«mavzoley» podsho Mavsol ismidan olingan.
Miloddan avval III asrda Rodos oroliga Iskandar Zulqarnayn sarkardalaridan biri — Demetriy hujum qiladi.
Biroq erksevar rodosliklarning mardona qarshiliklari tufayli bu makkor sarkarda boy va qudratli orolni qo‘lga
kirita olmaydi. Mana shu ajoyib g‘alabadan xotira qoldirish uchun mudofaachilar dunyoda eng katta haykal
o‘rnatmoqchi bo‘ldilar. Rodoslik Koloss (yunonlar baland haykalni shunday atashgan) nomi bilan mashhur
bo‘lgan bu haykal dunyoning oltinchi «mo‘jiza»si hisoblanadi. Dengiz bilan shahar darvozalari oralig‘idagi
savdo maydonida balandligi 36 metrli bronzadan yasalgan yigitchaning qiyofasi qad ko‘targan. Uning
baquvvat oyoqlari sal kerilgan, o‘ng qo‘lining kafti esa ko‘zlari ro‘parasiga qadar oldinga ko‘tarilgan. Qaddini
bir ozgina orqaga tashlab, nigohini uzoq-uzoqlarga qaratgan. Boshi atrofga nur sochib turgan gulchambar bilan
bezatilgan. Bu Quyosh xudosi — Geliosning tasviri bo‘lib, orol aholisi bu xudoni o‘zlarining homiylari deb
hisoblashgan.
Rivoyatlarga qaraganda, Rodos oroli dastlab dengiz ostida ekan, uni yorug‘likka Quyosh xudosi Gelios
olib chiqqan emish. Shu sababli Rodos orolini Gelios oroli deb ham ataydilar.
|
| |