Mustahkamlik chegarasi deb, ashyoning maksimal kuch ta’sirida buzilgan vaqtida unda hosil bo‘lgan ichki
kuchlanishga aytiladi. Bino yoki inshoot qismlarining mustahkamligini hisoblashda
Davlat standartlari
bo‘yicha ruxsat etilgan kuchlanishdan foydalaniladi. Ashyoning ruxsat etilgan kuchlanishi uning
mustahkamlik chegarasi orqali aniqlanadi.
Ashyoning siqilishdagi mustahkamlik chegarasini topish uchun ular gidravlik pressda buzilguncha siqiladi.
Ularni sinash sxemasi 1.5-jadvalda yoritilgan.
Ashyoning turiga qarab namuna har xil bo‘ladi. Ashyoning mustahkamligi
tayyorlangan namunaning
shakliga, o‘lchamlariga, berilayotgan kuchning o‘sish tezligiga va kuch tushayotgan yuzaning holatiga bog‘liq.
1.5-jadval