Gaz o‘tkazuvchanlik ashyolarning fizik xususiyatlariga, avvalo g‘ovakligiga va g‘ovaklarning
tuzilishiga
bog‘liq. Namlik oshishi bilan gaz o‘tkazuvchanlik ko‘rsatkichi kamayadi. Agar quruq betonning gaz
o‘tkazuvchanlik koeffitsienti 0,04 ga teng bo‘lsa (uni suvga to‘la shimdirilganda) u o‘zidan gazni umuman o‘t-
kazmaydi.
O‘tga chidamlilik. Qurilish ashyolari yonayotganda va o‘t manbai yo‘qotilgandan so‘ng ham
yonaveradigan ashyolarga (yog‘och, qamish, jun va boshqalar)
yonuvchi ashyolar deb ataladi. Ba’zi
yonuvchi ashyolar (smola, bitum, mum va h.k.) alangalanishdan avval yumshaydi va eriydi.
O‘t ta’sirida qiyin alanga oluvchi, tutaydigan yoki yonmay ko‘mirga aylanuvchi o‘t manbai yo‘qotilganda
alangalanmay so‘nib qoladigan ashyolar
qiyin yonuvchi ashyolar deb ataladi. Masalan, organomineral
ashyolardan: arbolit, fibrolit, sement-qirindili plita shular jumlasidandir.