mustahkamligi kamayadi va o‘z shaklini o‘zgartiradi. Oddiy gipsdan tayyorlangan buyumlarga ham suv ta’sir
etsa, ularning mustahkamligi kamayadi.
Ashyo g‘ovaklarining yuzasi gaz va suv molekulalarini adsorbsiya (molekulalarni yuzaga botib kirishi)
qiladi va namlanadi. Namlanish ashyoning tabiiy tarkibiga va uning tuzilishiga bog‘liq. Agar ashyo, tabiatan
o‘ziga suv molekulalarini faol sur’atda yutsa — uni
gidrofil (namlanuvchan) yoki suv molekulalarini o‘zidan
qochirsa —
gidrofob (namlanmaydigan) deb ataladi.
Ashyolarni, ayniqsa
maydalangan xillarini nam
o‘tmaydigan holatda saqlash kerak. Aks holda uning namlanishi natijasida kukun bog‘lovchi
moddalar
zarrachalarining faolligi kamayadi.
Namlik. Ashyoning namligi uning g‘ovaklaridagi suv miqdori bilan o‘lchanadi. Ashyoning nam va quruq
holatidagi og‘irliklari orasidagi farqni 100 ga ko‘paytirsak, uning namlik darajasini (%) aniqlagan bo‘lamiz.
Ashyolarning namligi ortishi bilan bog‘lovchi modda zarrachalari orasidagi
yopishish kuchi susayadi,
binobarin, uning mustahkamligi kamayadi.
Ashyoning suvga shimdirilgan yoki 100% nam holatidagi mustahkamligining (
R
shim
) quritilgan holatidagi
mustahkamligiga (
R
qur
) nisbati yumshash koeffitsienti (
K
yum
) deb ataladi, ya’ni
K
yum
R
shim
/
R
qur
. Bu koeffitsient
0—1 oralig‘ida o‘zgaradi.
K
yum
R
shim
/
R
qur
Ashyoning yumshash koeffitsienti 0,8 dan ortiq bo‘lsa
suv va namga chidamli, undan kam bo‘lsa
chidamsiz deb yuritiladi.