|
E qosimov, M. AkbarovBog'liq Pardozbop qurilish ashyolari. Qisimov E. 2005Issiqlik o‘tkazuvchanlik. Ashyoning bir yuzasi (sirti) issiq, ikkinchi yuzasi sovuq bo‘lsa, undan issiq
oqim o‘ta boshlaydi. Uning issiqlikni o‘tkazishiga qarab issiqlik o‘tkazuvchanlik darajasi topiladi. Ashyoning
bu xususiyati issiqlik o‘tkazuvchanlik koeffitsienti (
) orqali ifodalanadi. Issiqlik o‘tkazuvchanlik koeffitsienti
haroratlar farqi (t
1
t
2
) 1°C, qalinligi 1m, yuzasi 1 m
2
ga teng bo‘lgan namunaning bir yuzasidan ikkinchi
yuzasiga o‘tgan issiqlik miqdoriga teng.
Ashyoning issiqlik o‘tkazuvchanlik koeffitsienti tajribaxonada aniqlanadi. Issiqlik o‘tkazuvchanlik, avvalo
ashyoning tuzilishiga bog‘liq.
Masalan, organik zich ashyolar (polimerlar va bitumlar) uchun 0,25—0,35 ga, anorganik ashyolar uchun
esa
5,0 Vt/(m
°С) gacha bo‘lishi mumkin.
Havoning issiqlik o‘tkazuvchanlik koeffitsienti nihoyatda kam bo‘lganligi uchun (
0,02), bu
ko‘rsatkich doimo ashyoning g‘ovakliligiga bog‘liq bo‘ladi. Ashyo qancha serg‘ovak bo‘lsa, uning zichligi
shuncha kam bo‘ladi. Binobarin, g‘ovaklar havo bilan to‘lganda uning issiqlik o‘tkazuvchanlik koeffitsienti
kamayadi.
Qurilish ashyolari issiqlik o‘tkazuvchanlik koeffitsientiga ko‘ra quyidagi sinflarga bo‘linadi: A
0,08
gacha; B
0,8
0,12; D
0,12-0,2 va E
0,2
0,24. Issiqlikni saqlovchi konstruksiyalar va
konstruksiyalarbop ashyolar uchun
0,21 Vt/(m
°C).
Tashqi devorlarni qurishda, tombop va qavatlararo plitalarni tayyorlashda, issiq quvurlarni muhofaza
qilishda
ishlatiladigan
ashyolar
ilmiy
asosda
tanlansa,
respublikamiz
kommunal
xo‘jaligi
sohasida eng qimmatli energiya manbaini tejagan bo‘lamiz. Ashyoning g‘ovaklari suvga to‘lishi bilan uning
issiqlik o‘tkazuvchanligi ortadi (havonikiga nisbatan 25 marta ko‘p).
Ba’zi qurilish ashyolarining issiqlik o‘tkazuvchanlik koeffitsienti 1.2-jadvalda keltirilgan.
1.2-jadval
|
| |