|
E qosimov, M. AkbarovBog'liq Pardozbop qurilish ashyolari. Qisimov E. 2005Yonmaydigan ashyolar o‘t ta’sirida alangalanmaydi, tutamaydi, ko‘mir holatiga ham o‘tmaydi. Bunday
ashyolarga tabiiy anorganik ashyolar: g‘isht, cherepitsa, beton va boshqalar kiradi. Yonmaydigan ashyolar o‘z
navbatida yana issiqlikka va yuqori haroratga chidamli ashyolarga bo‘linadi.
Agar ashyo 1580°C dan yuqori harorat ta’sirida uzoq vaqt qolganda erimasa va deformatsiyalanmasa,
bunday ashyoni o‘t ta’sir etmaydigan deb ataladi. Masalan, shamot, dinas va boshqalar. Ba’zi ashyolarning
erish harorati 1.4-jadvalda berilgan.
1.4-jadval
Ba’zi ashyolarning erish harorati
Havo va bino konstruksiyalari bo‘ylab tarqaladigan tovush to‘lqinlari quvvatini pasaytiruvchi va bir qismini
qaytara olish xossasiga ega bo‘lgan qurilish ashyolari aks sado beruvchi (akustika) xususiyatga egadir.
Tovushdan saqlovchi va tovush yutuvchi ashyolar aks sado beruvchi ashyolar jumlasiga kiradi.
Bino va inshoot devorlari va shiplari orqali o‘tuvchi zarb tovushlari, havodagi va ashyo tuzilishi bo‘ylab
yuruvchi tovush to‘lqinlari, ashyo g‘ovaklari ichidagi zarrachalarni tebranma harakatga keltiradi va ularning
bir qismi so‘nadi. Binoni o‘rab turgan ashyolarning tovushdan saqlash qobiliyati detsiball (dB) bilan
o‘lchanadi. Tovush to‘lqinlari yuqori bo‘lgan bino va inshootlarda, ularning quvvatini pasaytirish uchun
ishlatiladigan buyumlarga tovushdan saqlovchi qurilish ashyolari deb ataladi.
Tovushdan saqlovchi qurilish ashyolariga mineral paxta va shisha tolali plitalar, ko‘pik polimerlar va
hokazolarni misol qilish mumkin.
Qurilish ashyolarining nur o‘tkazuvchanligi deb, to‘g‘ri va tarqoq nurlarni o‘zidan o‘tkazish qobiliyatiga
aytiladi. Ashyo qatlamidan o‘tayotgan to‘g‘ri va tarqoq nurlar miqdorining (
) ashyoga ( tushayotgan
nurlarning umumiy miqdoriga (
а) nisbati nur o‘tkazuvchanlik koeffitsienti (
) deb ataladi, ya’ni u ga teng.
Ashyolarning nur o‘tkazuvchanligi nafaqat uning kimyoviy tarkibiga, balki uning yuzasini silliqligiga va
g‘adir-budirligiga ham bog‘liq. Masalan, qalinligi 2 mm li yuzasi silliqlangan shishaga to‘g‘ri quyosh nuri
tushsa, uning nur o‘tkazish koeffitsienti
0,78 ga, shisha yuzasi kamroq silliqlanganda esa u
0,85 ga
teng bo‘ladi. Shishadan o‘tadigan hamma ultrabinafsha va ultraqizil nurlar ashyoning nur o‘tkazuvchanligini
ifodalaydi. Inson organizmi uchun foydali bo‘lgan organik shishadan o‘tadigan (polimetilmetakrilatdan)
ultrabinafsha nurlar miqdori, ko‘pincha 0,9 dan oshmaydi. Qolgan shishaplastik ashyolarning nur
o‘tkazuvchanlik koeffitsienti 0,75-0,8 ga teng. Silikat shisha (oddiy) oynalari o‘zidan ultrabinafsha nurlarni
o‘tkazmaydi.
Qurilishning muhim yo‘nalishlaridan biri atom quvvatidan foydalanishga doir yirik kapital qurilishlardagi
ashyolarga ta’sir etuvchi radioaktiv nurlar uning tuzilishini va xossalarini o‘zgartirmasa radiatsiyaga
|
| |