|
E qosimov, M. AkbarovBog'liq Pardozbop qurilish ashyolari. Qisimov E. 2005Nurashga chidamlilik deb zararli muhit ta’sirida bo‘lgan qurilish ashyolarining kimyoviy birikishlari
natijasida buzilishiga bo‘lgan qarshiligiga aytiladi. Korroziya so‘zi lotincha — «yemiraman» degani.
Qurilish ashyolarining muhim kimyoviy xossalaridan biri, mayda kukun zarrachalarini ashyolar yuzasiga
yopishishini ifodalovchi adgezion mustahkamligidir. «Adgeziya» lotincha so‘z bo‘lib, yopishish degan
ma’noni anglatadi. Atomlar o‘lchamidagi mayda zarrachalar o‘zaro bir-biriga tortish kuchi vositasida har xil
tarkibdagi moddalar sirtiga yopishadi va moddani faollashtiradi. Agar loyqa suyuqlikdagi nodir zarrachalarni
yig‘ish kerak bo‘lsa, unga maxsus adsorbentlar qo‘shiladi va ular kerakli zarralar sirtiga yopishib suyuqlik
ostiga cho‘kadi, keyin quyqani qayta ishlab nodir zarrachalar ajratiladi. Adgeziya bilan ashyolarni o‘zaro
mahkam yopishtirish yoki ikki tutash yuzalarni umuman yopishmaydigan qilish mumkin.
Adgeziyani topish uchun yopishtirilgan namunaning bir o‘lcham birlikdagi yuzasini ajratishga ketgan
kuchni aniqlash kifoya. Ushbu ko‘rsatkich temirni payvandlashda, yopishtirishda, devor yuzasini bezash uchun
ashyolar tanlashda (emal, lok-bo‘yoqlar va h.k.) katta ahamiyatga ega.
QURILISH ASHYOLARINING MEXANIK
XOSSALARI
Ma’lumki, barcha qurilish ashyolari va konstruksiyalari tashqi tabiiy va sun’iy kuch ta’sirida bo‘ladi.
Natijada, ashyo yoki buyum tanasida ezilish, bukilish, ishqalanish, egilish va siqilish kuchlanishlari hosil
bo‘ladi.
Qurilish ashyolarining mexanik xossalari shartli ravishda deformativ va mustahkamlik xossalariga
ajratiladi. Deformativ xossalarga — qayishqoqlik, plastiklik, nisbiy deformatsiya va h.k. kiradi. Mustahkamlik
xossalariga ashyoning siqilishdagi, egilishdagi va cho‘zilishdagi mustahkamligi, zarbga va ishqalanishga
qarshiligi kiradi.
Ashyoga ta’sir qilayotgan kuch olingandan keyin uni tezda o‘z shakliga qaytishi ashyoning elastikligi
deyiladi. Elastiklik deformatsiyasi ta’sir qilayotgan kuchlar olingandan keyin yo‘qolgani uchun uni qaytuvchi
|
| |