Ayrim qurilish ashyolarining g‘ovakliligi




Download 1,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/168
Sana19.12.2023
Hajmi1,14 Mb.
#124022
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   168
Bog'liq
Pardozbop qurilish ashyolari. Qisimov E. 2005

Ayrim qurilish ashyolarining g‘ovakliligi 
Birinchi guruhdagi ashyolar konstruksiyabop, oxirgisi esa is-siqlikni saqlovchi ashyolar sifatida ishlatiladi. 
G‘ovak ashyoning to‘la suvga shimilishi uchun sarflangan suv og‘irligi shu ashyoning quruq holatidagi 
og‘irligiga bo‘lgan nisba-ti orqali ifodalanadi. G‘ovaklarning suvga to‘la qondirilgan holati ashyoning hajmiy 
suv shimuvchanligi deb ataladi. Odatda, g‘ovaklarning hammasi suv bilan to‘lmasligi sababli ashyoning suv 
shimuvchanligi uning absolyut g‘ovakligidan kam bo‘ladi. Chunki ashyolardagi kichik (0,0001 mm dan 0,001 
mm larga teng bo‘lgan) g‘ovaklarga normal atmosfera bosimida suv kirmaydi. 
Ashyoga to‘la shimdirilgan suv hajmining undagi g‘ovaklar hajmiga nisbati shimilish koeffitsienti deb 
ataladi. Ashyolarning suv shimuvchanligini aniqlash uchun ularning quruq va to‘la suv shimdirilgan holatdagi 
og‘irlik farqini bilish kifoya. 
Suv shimuvchanlikni aniqlashda ashyolarni asta-sekin suvga cho‘ktirish, qaynatish va bosim ostida sinash 
usullari bor. 
Jismning havodagi namlikni o‘ziga yutish xususiyati havodan namlanish (gigroskopiklik) deb ataladi. 
Gigroskopiklik grekcha so‘z bo‘lib, «namlikni kuzataman» deganidir. Qattiq va sochiluvchan ashyolar atrof 
muhitdan namni o‘ziga tortadi. 
O‘zgarmas bosim ostida ashyoning havoyi nam holatidagi og‘irligining quruq holdagi og‘irligiga nisbati 
shu ashyoning havodan namlanish xususiyatini ifodalaydi. Ashyoning havodan namlanish darajasini aniqlash 
uchun namuna havoning namligi 100% bo‘lgan xonada bir necha soat saqlanadi. So‘ng namunaning quruq va 
havoyi nam holatdagi og‘irliklar farqidan, uning havodan qancha nam yutgani aniqlanadi. 
Ashyolarning suv shimuvchanligi bilan havoyi namlik ko‘rsatkichlarining ortishi, ularning xossalariga 
salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Masalan, ashyo suvga to‘la to‘yinganda uning mustahkamligi va chidamliligi 
kamayadi, zichligi, issiqlik o‘tkazuvchanligi va egiluvchanligi esa ortadi. 

Download 1,14 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   168




Download 1,14 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ayrim qurilish ashyolarining g‘ovakliligi

Download 1,14 Mb.
Pdf ko'rish