• Mo‘rt ashyolar
  • E qosimov, M. Akbarov




    Download 1,14 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet3/168
    Sana19.12.2023
    Hajmi1,14 Mb.
    #124022
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   168
    Bog'liq
    Pardozbop qurilish ashyolari. Qisimov E. 2005

    Plastik ashyolar — kuch, harorat yoki suv ta’sirida qayta ishla-nish xususiyatiga ega bo‘lgan ashyolar 
    (gil, bitum, mis, qo‘rg‘oshin, va h.k.). 
    Elastik ashyolar — unga ta’sir etayotgan kuch olingandan so‘ng o‘z shakliga qaytadigan ashyolar (rezina, 
    po‘lat va yog‘och). 
    Mo‘rt ashyolar — ta’sir etayotgan kuch natijasida o‘lchami va shaklini o‘zgartirmay qo‘qqisdan buzilish 
    xossasiga ega bo‘lgan ashyolar (shisha, cho‘yanning ayrim xillari, g‘isht va h.k.). 
    Mustahkam (granit, temir, yog‘och) va mustahkamligi juda past (chig‘anoq tosh, somon, xomg‘isht va 
    h.k.) ashyolar. 
     Qattiq (cho‘yan, granit va h.k.) va yumshoq (yog‘och, bitum va h.k.) ashyolar. 
    Suv, kislota, ishqor, issiq-sovuq, hamda fizik-kimyoviy jarayon ta’siriga chidamli (klinker va h.k.) va 
    chidamsiz (xomg‘isht) ashyolar. 
    Muhofazalovchi ashyolar — issiqlik o‘tkazmaydigan (mineral paxta, jun, g‘ovaksimon asbest buyumlar), 
    tovush yutuvchi (pemza, qatlamli shisha-paxta, fibrolit), suvga chidamli (bitum, ruberoid, tol) va elektrdan 
    muhofazalovchi (rezina, chinni, marmar) xossalarga ega bo‘lgan ashyolar. 
    Qurilish ashyolari va buyumlarining xossalarini tabiatiga ko‘ra uchta asosiy guruhga bo‘lish mumkin —
    fizik, mexanik va kimyoviy. Mahsulotlarning sifatini baholashda, uning ichki tuzilishi xossalari bilan bog‘liq 
    qonuniyatni o‘rganishga doir ilmiy tekshirish ishlari maxsus tajribaxonalarda aniqlanadi.
    Ashyolarning fizik xossalariga quyidagilar kiradi: zichligi, g‘ovakligi, bo‘shlig‘i, nam yutuvchanligi, suv 
    shimuvchanligi, bug‘ va gaz o‘tkazuvchanligi; issiqqa, yuqori haroratga, alangaga, sovuqqa va radiatsiyaga 
    chidamliligi, tok o‘tkazuvchanligi, tovush yutuvchanligi, tovushdan muhofazalash va h.k. 
    Ashyolarning mexanik xossalari deganda, tashqi kuch ta’sirida ularning egilishga, bukilishga, siqilishga 
    bo‘lgan qarshiligini tushunmoq lozim. Bunga mustahkamligi (siqilishga, cho‘zilishga, egilishga, ishqalanishga, 
    zarbga, buralishga va h.k.), qattiqligi, deformatsiyalanishi, mo‘rtligi, yumshoqligi, oquvchanligi, siljishi
    kirishishi va hokazolar kiradi. 
    Ashyoga kimyoviy zararli muhit ta’sir etganda ro‘y beradigan reaksiya jarayoniga va buzilishga qarshilik 
    ko‘rsatishi, uning kimyoviy xossasini ifodalaydi. Masalan, ashyolarni tuz, kislota, ishqor va ularning eritmalari 
    ta’siriga chidamliligi va h.k. Bulardan tashqari, qurilish ashyolarining biologik xossalari, ularni zamburug‘lar, 
    mikroorganizmlar, qurt-qumursqa va qo‘ng‘izlar ta’siriga chidamliligini ifodalaydi. 
    Pardozbop ashyolar tajribaxona sharoitida chidamlilikka, deformatsiyalanishga, ishqalanishga va issiqqa 
    bardoshlilikga, hamda boshqa xossalarga sinab ko‘riladi. Qurilish ashyolari va buyumlarning xossalarini 
    o‘rganishda asosiy o‘lcham birliklari to‘g‘risida mukammal tasavvurga ega bo‘lmoq kerak. Ashyolarning 
    uzunligi, eni, qalinligi va bo‘yi — mm, sm hamda metrda ifodalanadi. Yuza maydoni, ashyoning yoki 
    buyumning kesimi — sm
    2
    va m
    2
    da, hajmi — sm
    3
    , litr, m
    3
    da, og‘irligi — g, kg va tonna bilan ifodalanadi. 
    Darslikdagi barcha o‘lcham birliklari Xalqaro o‘lcham tizimi (CИ) va standartlar talablariga mosdir.

    Download 1,14 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   168




    Download 1,14 Mb.
    Pdf ko'rish