|
III. Radikal birikish reaksiyalari (A
|
bet | 17/23 | Sana | 18.06.2024 | Hajmi | 1,81 Mb. | | #264187 |
Bog'liq bNcRQ5LrIII. Radikal birikish reaksiyalari (AR)
Erkin radikallar uch bog’ga juda oson yangi erkin radikalning hosil bo’lishi bilan birikadi. U yana erkin radikal mexanizmida boradigan reaksiyani davom ettiradi.
yoki
Bu reaksiyada oraliq mahsulot
Erkin radikal yoki alkenil radikalda toq elektron sp2 gibridlangan uglerod atomida joylashgan. Keyingi bosqichda 2 ta alkenil izomer radikalda ikkita izomer aralashmasi (sis va trans) hosil bo’ladi. Bu bilan elektrofil birikishdan farq qiladi. (elektrofil birikishda ko’proq trans izomer hosil bo’lishi ko’zatiladi).
IV. Oksidlanish reaksiyalari
Neytral sharoitda kaliy permanganat eritmasining rangsizlanishi uch bog’ uchun ham sifat reaksiyasi hisoblanadi.
1. Atsetilen qatori uglevodorodlar kuchli oksidlovchilar (KMnO4, K2Cr2O7, H2SO4 kons) kaliy permanganat va kaliy dixromatning kislotali eritmasi ta’sirida oson oksidlanadi va uch bog’ uzilib turli kislorodli birikmalar aralashmasi hosil bo’ladi.
2. Atsetilenning yonish jarayoni texnikada katta ahamiyatga ega. Reaksiya natijasida katta miqdorda energiya ajralib chiqadi.
3. Atsetilenid ioni Cu+ tuzlari katalizatorligida havo kislorodi bilan oksidlanib dimerlanadi. Bunda diinlar hosil bo’ladi.
4. Atsetilenning gomologlari KOH ning spirtdagi eritmasida izomerlanadi (Favorskiy reaksiyasi).
VI. Polimerlanish reaksiyalari.
Alkinlarning dimerlanish, sikloolegomerlanish va polimerlanish reaksiyalari. Atsetilen kislotasi sharoitda CH+ ionlari ishtirokida oson dimerlanadi.
(Nyulend 1931).
Bu reaksiya aktivlangan uch bog’ga birikish singari amalga oshadi. Reaksiya davom ettirilsa divinil atsetilen hosil bo’ladi.
Siklotrimerlanish (sikloolegomerlanish) reaksiyalari sharoitiga qarab amalga oshadi. Bunday reaksiyalarga atsetilen qiyinroq, gomologlari osonroq kirishadi. (V.Reppe, 1949)
Bu reaksiya metallorganik katalizatorlar ishtirokida yaxshiroq amalga oshadi. (Cr, Ni, Co)
Erkin radikallarning inisiatorlari ishtirokida yoki metall organik katalizatorlar ishtirokida alkinlar oson polimerlanadi va tutash polienlar hosil bo’ladi.
Bunday tutash polienlar o’ziga xos elektrofizik xossalariga ega, ya’ni yuqori elektroo’tkazuvchanlikga ega. Bunday moddalar (materiallar) organik yarimo’tkazgichlar deb yuritiladi. Ularni gologenlar bug’i yoki AsF5 kabi kuchli elektronoakseptorlar bilan qayta ishlash natijasida elektroo’tkazuvchanligi keskin oshadi. Bunda ularning xossalari metallarnikiga ham o’xshab ketadi, shu sababli sintetik yoki organik metallar deb ham yuritiladi.
Atsetilen Cu+ katalizatori ishtirokida o’ziga xos polimerlanish reaksiyasiga kirishadi.
yoki buni …… bu polimer kumilen deb ham yuritiladi.
Atsetilen 2500 C da mis katalizatori ustidan o’tkazilsa, polimer modda – kupren hosil bo’ladi. Kupren hech nimada erimaydigan sarg’ish rangli engil kukundir
nC2H2→(C2H2)n kupren
|
| |