Elektr-gibrid yuritmali avtomobil va uning tarkibiy qismlarining mukammallik dialektikasi




Download 1,03 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/13
Sana17.09.2024
Hajmi1,03 Mb.
#271429
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
27 Toychiyev O.A. 181-193

Oriental Renaissance: Innovative, 
educational, natural and social sciences
(E)ISSN:2181-1784 
www.oriens.uz 
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7 
3(9), September, 2023 
182 
KIRISH
Xalqaro energetika agentligi (IEA) ma’lumotlariga ko‘ra, 2020 yilda elektr 
avtomobillari global avtomobillar savdosida qariyb 4,6 foizni tashkil qilgan bo‘lsa, 
2019 yilda bu ko‘rsatkich 2,5 foizga oshdi. Shuningdek IEA, 2020 yilda jahon 
yo‘llarida 10 millionga yaqin elektromobillar borligini taxmin qilgan, bu o‘z vaqtida 
global avtomobil parkining 1% dan kamrog‘ini tashkil qiladi [1;b 596 b]. 
Qazib olinadigan yoqilg‘i iste’molining o‘sishi uglerod oksidi (CO
2
), 
uglevodorod (HC) va azot oksidi (NOx) ko‘rinishidagi issiqxona gazlari (GHG) 
emissiyalarining ortishi avtomobil sanoatida muhim muammoga aylangan. 2021 yil 
ma’lumotlariga ko‘ra, dunyodagi avtomobillarning 97 foizdan ortiq qismi ichki 
yonuv dvigatellari (IYoD) bilan ishlaydi. Elektr transport vositalarining (EV) ulushi 
tez sur’atlar bilan o‘sib bormoqda, chunki butun dunyo bo‘ylab hukumatlar va 
avtomobil ishlab chiqaruvchilari issiqxona gazlari chiqindilarini va qazib olinadigan 
yoqilg‘iga qaramlikni kamaytirish talabini qo‘ygan [1,2,4-7]. 
Kelgusi yillarda elektr batareyalar narxining pasayishi va elektr avtomobillarini 
(EV) davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning kuchayishi hisobiga avtotransport 
vositalari ichida ularning ulushi tez o‘sishiga asos bo‘lmoqda. Norvegiya kabi ba’zi 
mamlakatlar EVni nisbatan yuqori qabul qilish ko‘rsatkichlariga erishdi, Norvegiyada 
2020 yilda yangi avtomobillar sotuvining 50% dan ortig‘ini elektr avtomobillar 
tashkil etdi. Xitoy, AQSh va ko‘plab Yevropa davlatlari kabi boshqa mamlakatlarda 
ham EV soni tez o‘sishi kuzatilmoqda.
2022 yilning oxiriga kelib, dunyoda taxminan 1,45 milliarddan ortiq avtomobil 
mavjud bo‘lib, shundan 1,1 milliardga yaqini yengil avtomobillardir. Bu shuni 
anglatadiki, sayyoramizdagi har 7,18 kishiga bir avtomobil to‘g‘ri keladi. 2021 
yildagi ma’lumotlarga ko‘ra dunyo yo‘llarida harakatlanayotgan 1,45 milliard 
avtomobilning atigi 80 millioni yoki 7 foizi, oldingi 12 oy ichida ishlab chiqarilgan, 
bu 2020 yildagi 78 million dona avtomobildan 3 foizga ko‘pdir, biroq
pandemiyagacha bo‘lgan davr, 2018 yildagi eng yuqori 97 million ko‘rsatkichidan 
ancha past. 



Download 1,03 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Download 1,03 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Elektr-gibrid yuritmali avtomobil va uning tarkibiy qismlarining mukammallik dialektikasi

Download 1,03 Mb.
Pdf ko'rish