• Modellashtirish
  • Aqliy hujum” metodini qo’llash uslubi asosida trening mashg’uloti o’tkazish
  • Elektr randa va ulardan foydalanish




    Download 327,63 Kb.
    bet9/14
    Sana27.01.2024
    Hajmi327,63 Kb.
    #146739
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
    Bog'liq
    Kurs ishi bajardi Qa’bul qildi Termiz-2020 Mavzu O’quvchilard-fayllar.org
    978-985-21-0422-7.Image.Marked, Nukus konchilik instituti 1-b kimyoviy texnologiya guruhi talaba-fayllar.org, nbxFYklx98dpttTmE5tcj9mFmOcOOutbc8yhYioy, Yog’ochga ishlov berish-fayllar.org (1), 11. Duradgor 34
    Hamkorlikda o’rganish - o‘quvchilarning bilimlarni o‘zlashtirish, singdirish, mustahkamlash bo‘yicha reproduktiv faoliyatini ta‘minlovchi, mahorat va malakani ketma-ketlik bo‘yicha o‘quvchining bevosita boshchiligida ishga solishni tashkil etishga asoslangan o‘qitish va bilim olishdir. U o‘quvchilarning mustaqil guruhlarda ishlashi evaziga ta‘lim olishini ko‘zda to‘tadigan metodlardan iborat. Bularga ―Kitob bilan ishlash‖, ―O‘quv suhbati‖, ―Davra suhbati‖, ―Aqliy hujum‖, ―Kichik guruhlarda ishlash‖, ―Bahs-munozara‖ kabi metodlarni kiritish mumkin.

    Modellashtirish - real hayotda va jamiyatda yuz beradigan hodisa va

    jarayonlarning ixchamlashtirilgan va soddalashtirilgan ko‘rinishini auditoriyada yaratish va ularda o‘quvchilarning shaxsan qatnashishi va faoliyat evaziga ta‘lim olishini ko‘zda to‘tadi. Uning asosiy maqsadi o‘quvchilarning faqat tinglashi emas, balki bilimlarni o‘zlashtirishda bevosita ishtirokini ta‘minlash orqali ta‘lim jarayonining samaradorligini oshirishga qara-tilgan. Bularga ishbop o‘yinlar va rolli o‘yinlar kabi metodlarni kiritish mumkin.



    Tadqiqot - o‘quvchilar tomonidan muammoni tushunish va yechish, mustaqil bilim olishni kuchaytiradigan va shunga unday-digan usullar yig‘indisidan iboratdir. Tadqiqotning maqsadi dars jarayonida o‘quvchilarda savol qo‘yish va ularga javob izlashida qiziqishini uyg‘otishga qaratilgandir. Unda o‘qitish o‘quvchilarni amaliy izlanish jarayonida bevosita qatnashishini ta‘minlaydi. Bularga muammoli vaziyat, loyihalash metodi, mustaqil izlanish, yo‘naltiruvchi matn kabi metodlar kiradi.

    Aqliy hujum” metodini qo’llash uslubi asosida trening mashg’uloti o’tkazish Aqliy hujum - g‘oyalarni generasiya (ishlab chiqish) qilish metodidir. «Aqliy hujum» metodi biror muammoni yechishda o‘quvchilar tomonidan bildirilgan erkin fikr va mulohazalarni to‘plab, ular orqali ma‘lum bir yechimga kelinadigan

    eng samarali metoddir. Aqliy hujum metodining yozma va og‘zaki shakllari mavjud. Og‘zaki shaklida o‘qituvchi tomonidan berilgan savolga o‘quvchilarning har biri o‘z fikrini og‘zaki bildiradi. O‘quvchilar o‘z javoblarini aniq va qisqa tarzda bayon etadilar. Yozma shaklida esa berilgan savolga o‘quvchilar o‘z javoblarini qog‘oz kartochkalarga qisqa va barchaga ko‘rinarli tarzda yozadilar. Javoblar doskaga (magnitlar yordamida) yoki «pinbord» doskasiga (ignalar yordamida) mahkamlanadi. «Aqliy hujum» metodining yozma shaklida javoblarni ma‘lum belgilar bo‘yicha guruhlab chiqish imkoniyati mavjuddir. Ushbu metod to‘g‘ri va ijobiy qo‘llanilganda shaxsni erkin, ijodiy va nostandart fikrlashga o‘rgatadi.

    Aqliy hujum metodidan foydalanilganda o‘quvchilarning barchasini jalb etish imkoniyati bo‘ladi, shu jumladan o‘quvchilarda muloqot qilish va munozara olib borish madaniyati shakllanadi. O‘quvchilar o‘z fikrini faqat og‘zaki emas, balki yozma ravishda bayon etish mahorati, mantiqiy va tizimli fikr yuritish ko‘nikmasi rivojlanadi. Bildirilgan fikrlar baholanmasligi o‘quvchilarda turli g‘oyalar shakllanishiga olib keladi. Bu metod o‘quvchilarda ijodiy tafakkurni rivojlantirish uchun xizmat qiladi.



    Vazifasi. «Aqliy hujum» qiyin vaziyatlardan qutulish choralarini topishga, muammoni ko‘rish chegarasini kengaytirishga, fikrlash bir xilligini yo‘qotishga va keng doirada tafakkurlashga imkon beradi. Eng asosiysi, muammoni yechish jarayonida kurashish muhitidan ijodiy hamkorlik kayfiyatiga o‘tiladi va guruh yanada jipslashadi.

    Obyekti. Qo‘llanish maqsadiga ko‘ra bu metod universal hisoblanib tadqiqotchilikda (yangi muammoni yechishga imkon yaratadi), o‘qitish jarayonida (o‘quv materiallarini tezkor o‘zlashtirishga qaratiladi), rivojlantirishda (o‘z-o‘zini bir muncha samarali boshqarish asosida faol fikrlashni shakllantiradi) asqotadi.

    Qo’llanish usuli. «Aqliy hujum» ishtirokchilari oldiga qo‘yilgan muammo bo‘yicha har qanday mulohaza va takliflarni bildirishlari mumkin. Aytilgan fikrlar yozib boriladi va ularning mualliflari o‘z fikrlarini qaytadan xotirasida tiklash imkoniyatiga ega bo‘ldi. Metod samarasi fikrlar xilma-xilligi bilan tavsiflanadi va

    aqliy hujum davomida ular tanqid qilinmaydi, qaytadan ifodalanmaydi. Aqliy hujum tugagach, muhimlik jihatiga ko‘ra eng yaxshi takliflar generasiyalanadi va muammoni yechish uchun zarurlari tanlanadi.



    «Aqliy hujum» metodi o’qituvchi tomonidan qo’yilgan maqsadga qarab amalga oshiriladi:
        1. O‘quvchilarning boshlang‘ich bilimlarini aniqlash maqsad qilib qo‘yilganda, bu metod darsning mavzuga kirish qismida amalga oshiriladi.


        2. Mavzuni takrorlash yoki bir mavzuni keyingi mavzu bilan bog‘lash maqsad qilib qo‘yilganda - yangi mavzuga o‘tish qismida amalga oshiriladi.


        3. O‘tilgan mavzuni mustahkamlash maqsad qilib qo‘yilganda - mavzudan so‘ng, darsning mustahkamlash qismida amalga oshiriladi.




    «Aqliy hujum» metodining afzallik tomonlari:
    • natijalar baholanmasligi o‘quvchilarni turli fikr-g‘oyalarning shakllanishiga olib keladi;


    • o‘quvchilarning barchasi ishtirok etadi;


    • fikr-g‘oyalar vizuallashtirilib boriladi;


    • o‘quvchilarning boshlang‘ich bilimlarini tekshirib ko‘rish imkoniyati mavjud;


    -o‘quvchilarda mavzuga qiziqish uyg‘otish mumkin.



    «Aqliy hujum» metodining kamchilik tomonlari:
    • trener-o‘qituvchi tomonidan savolni to‘g‘ri qo‘ya olmaslik;


    • trener-o‘qituvchidan yuqori darajada eshitish qobiliyatining talab etilishi.




    «Aqliy hujum» metodining tarkibiy tuzilmasi:

    «Aqliy hujum» metodining bosqichlari:
    1. O‘quvchilarga savol tashlanadi va ularga shu savol bo‘yicha o‘z javoblarini (fikr, mulohaza) bildirishlarini so‘raladi;


    2. O‘quvchilar savol bo‘yicha o‘z fikr-mulohazalarini bildirishadi;


    3. O‘quvchilarning fikr-g‘oyalari (magnitofonga, videotasmaga, rangli qog‘ozlarga yoki doskaga) to‘planadi;


    4. Fikr-g‘oyalar ma‘lum belgilar bo‘yicha guruhlanadi;


    5. Yuqorida qo‘yilgan savolga aniq va to‘g‘ri javob tanlab olinadi.




    «Aqliy hujum» metodini qo’llashdagi asosiy qoidalar:
      1. bildirilgan fikr-g‘oyalar muhokama qilinmaydi va baholanmaydi.


      2. bildirilgan har qanday fikr-g‘oyalar, ular hatto to‘g‘ri bo‘lmasa ham inobatga olinadi.


    v) bildirilgan fikr-g‘oyalarni to‘ldirish va yanada kengaytirish mumkin.



      1. Download 327,63 Kb.
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




    Download 327,63 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Elektr randa va ulardan foydalanish

    Download 327,63 Kb.