Elektr randa va ulardan foydalanishga oid mavzularni o’qitishda pedagogik texnologiyalardan foydalanish




Download 327,63 Kb.
bet12/14
Sana27.01.2024
Hajmi327,63 Kb.
#146739
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
Kurs ishi bajardi Qa’bul qildi Termiz-2020 Mavzu O’quvchilard-fayllar.org
978-985-21-0422-7.Image.Marked, Nukus konchilik instituti 1-b kimyoviy texnologiya guruhi talaba-fayllar.org, nbxFYklx98dpttTmE5tcj9mFmOcOOutbc8yhYioy, Yog’ochga ishlov berish-fayllar.org (1), 11. Duradgor 34, band 9 essay writtin by Zikrillo
2.3 Elektr randa va ulardan foydalanishga oid mavzularni o’qitishda pedagogik texnologiyalardan foydalanish

Ta‘lim degan so‘z insonga o‘qitish, tushuntirish asosida nazariy bilim berish; tarbiya-ta‘limining nazariy fazilatini ma‘lum hunarni egallash uchun zarur bo‘lgan xulq normalarini va amaliy malakalarini o‘rgatishdir, deydi olim. Farobiy fikricha, yer yuzida faqat inson bilish qobilyatiga ega. Haqiqatni bilish esa, insonning tabiiy rivojlanish holatidan biridir, deydi.

Ta‘lim-tarbiya jarayonini amalga oshirishda Farobiy ikki usuldan foydalanishni tavsiya qiladi. Agar tarbiyalanuvchi bilim olishga ishtiyoqi zo‘r bo‘lsa, unga «yumshoq usul»ni ya‘ni xoxish bo‘lmasa «qattiq usul»ni qo‘llash joyiz, deydi.Beruniy esa bilimlarni egallash yo‘llari, usullari xaqida fikrlari hozirgi davr uchun ham dolzarbdir. Ta‘lim berish jarayonida talabani zeriktirmaslik, bir xil fanni o‘tavermaslik, uzviylik, izchillik, mavzularini qizikarli asoslab, ko‘rgazmali bayon etish kerakligini uqtiradi. Bilim olishda tushunib o‘rganishga ilmiy tadqiqotchining ma‘naviy poklikka rioya qilishga aloxida e‘tibor berish. Sharqda mashhur bo‘lgan allomalardan biri Abu Ali ibn Sinodir. Ibn Sino bolalarni maktabda o‘qitish zarurligini qayd etar ekan, ta‘lim-tarbiyada quyidagi tamoyillarga rioya qilish zarurligini ta‘kidlaydi.

  • yoshlarga ta‘lim berishda birdaniga kitobga band qilib qo‘ymaslik;


  • ta‘limda yengildan og‘irga borish orqali bilim berish;


  • olib boriladigan mashqlar bolalar yoshiga mos bo‘lishi;


  • jamoa bo‘lib maktabda o‘qishga e‘tibor berish;


  • bilim berishda bolalarning mayli, qiziqishi va qobiliyatini xisobga olish;


  • o‘qishni jismoniy mashqlar bilan qo‘shib olib borish.


Yuqoridagi masalalarga Ibn Sino o‘zining «Tadbiri manzil» asarining «Bolani maktabda o‘qitish va tarbiyalash» bo‘limida to‘xtalib, ta‘lim va tarbiya jarayonini olib boradi.

Talabaga bilim berish o‘qituvchining asosiy burchidir. Shunga ko‘ra, Ibn Sino o‘qituvchi qanday bo‘lishi kerakligi haqida fikr yuritar ekan, shunday yo‘l- yo‘riqlar beradi:

  • bolalar bilan muomala bosiq va jiddiy bo‘lish;


  • berilayotgan bilimni talabalar qanday o‘zlashtirib olayotganiga e‘tibor berish;


  • ta‘limda turli usullardan foydalanish;


  • fanga qiziqtira olish;


  • berayotgan bilimlarning eng muhimini ajratib bera olish;


  • bilimlarni talabalarning yoshi, aqliy darajasiga mos ravishda berish;


  • har bir so‘zning bolalar xissiyotini darajasida bo‘lishiga erishish zarur.


XXI – asr innovasiyalar asridir. Mamlakatimiz kelajagi jamiyat hayotining boshqa sohalari bilan birga ta‘lim tarbiya tizimini yangi zamon talablari darajasiga ko‘tarishga yo‘naltirilgan ishlarning samaradorligi bilan belgilanadi.

Ta‘lim tarbiya tizimini takomillashtirish o‘z navbatida bu sohaga yangi, zamonaviy, ilg‘or pedagogik texnologiyalarni izchil joriy etishga ko‘p jihatdan bog‘liq. Ta‘lim samaradorligi oshirishda o‘quvchi bu jarayonda qay darajada faol qatnashayotganligi bilan belgilanishini hisobga olgan holda yangi o‘qitish uslublari, shakllari ta‘lim oluvchilarga mustaqil fikrlash, ijodiy yondashish uchun imkoniyat yaratadi.
Quyida ta‘limning yangi pedagogik texnologiyalarini dars jarayonida qo‘llanilishida misol keltirilgan.


Yangi pedagogik texnologiyaning maqsadi:

  • qatnashchilarni ko‘proq jalb etish va ularning bir-biridan o‘rganishga imkon berish;


  • qatnashchilarga ularning o‘z g‘oyalari va fikrlari bilan ko‘proq o‘rtoqlashish imkonini berish;


  • qatnashchilarni o‘zlarining o‘qishlari uchun ko‘proq ma‘suliyatni o‘z zimmalariga olishga majbur qilish.


Pedagogik texnologiya ta‘lim jarayoni yoki bitta darsning «qurilish

loyihasi», «o‘qitish san‘ati» bo‘lib, mavzuning umumdidaktik maqsadlarini aniqlab uni amalga oshirishga qaratilmog‘i zarur va uni ikki yo‘nalishga – yangi va ilg‘or pedagogik texnologiyaga ajratish tavsiya etiladi.

Yangi pedagogik texnologiyani talablari quyidagilardan iborat:

  1. O‘quvchilarning qiziqish yo‘nalishini aniqlab olish.


  2. O‘quv materiallarini eng asosiylarini ajartib olish.


  3. O‘quv materiallarining maqsadlarini aniq belgilash va ularni tizimlashtirish.


  4. Ishlab chiqarish jarayonlari yo‘nalishining ilmiy-texnikaviyligini aniqlash.


  5. O‘qitishni motivasiyalashtirish.


  6. Ta‘lim jarayonini fanlararo aloqadorligini ta‘minlash.


  7. O‘quv materialini dasturli o‘qitish.


  8. O‘quvchilarning bilimlarini nazorat qilish – Reyting tizimi qo‘llash.




Ilg’or pedagogik texnologiya – o‘quvchilarning o‘quv maqsadlarini o‘rganish jarayonida ularning faolligini oshirish yo‘lida o‘qitishning uslub va shakllaridan samarali foydalanish. Bu esa didiaktikaning hozirgi kungacha erishgan yutuqlaridan tashabbuskor, ijodkor o‘qituvchilarning ilg‘or ish tajribalaridan o‘rinli va unumli foydalanishdir, ya‘ni:
  1. O‘quv maqsadini suhbat, muloqat, hamkorlik usullarida amalga oshirish;


  2. Reproduktiv fikrlash (qabul qilish va qayta takrorlash);


  3. Produktiv fikrlash (mahsuldor, samarali);


  4. Tadqiqiy – ijodiy fikrlash, o‘rganishning ilmiy siklik sxemasi (obyekt – model – gipoteza – eksperiment);


  5. Nostandart darslar: seminar, bahs – muloqot, darslik ustida mustaqil ishlash, ishchanlik o‘yinlarini tashkil etish.



Download 327,63 Kb.
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Download 327,63 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Elektr randa va ulardan foydalanishga oid mavzularni o’qitishda pedagogik texnologiyalardan foydalanish

Download 327,63 Kb.