Elektr randa va ulardan foydalanish mavzularni o‘qitishda zamonaviy ta‘lim texnologiyalarini qo‘llash
Jamiyatimizning har bir fuqarosi XXI asr bo‘sag‘asida turar ekan, ortda qolgan yillar qadrini baholashga va kelajak hayotining turli jabhalarini belgilab olishga urinishi tabiiydir. Jumladan, ta‘lim sohasida faoliyat ko‘rsatayotganlar ham bundan mustasno emas.
Hozirgi kunda ta‘lim jarayonida pedagogik texnologiyalarni o‘quv jarayoniga qo‘llashga bo‘lgan qiziqish, e‘tibor kundan - kunga kuchayib bormoqda, buning sabablaridan biri, shu vaqtgacha an‘anaviy ta‘limda o‘quvchilarni faqat tayyor bilimlarni egallashga o‘rgatilgan bo‘lsa, zamonaviy texnologiyalar ularni egallayotgan bilimlarini o‘zlari qidirib topishlariga, mustaqil o‘rganib, tahlil qilishlariga, xatto xulosalarni ham o‘zlari keltirib chiqarishlariga o‘rgatadi. O‘qituvchi bu jarayonda shaxsning rivojlanishi, shakllanishi, bilim olishi va tarbiyalanishiga sharoit yaratadi va shu bilan ta‘lim jarayonida o‘quvchi asosiy o‘rin egallaydi.
Shuning uchun oliy o‘quv yurtlari va malaka oshirish institutlarida malakali kasb egalarini tayyorlashda zamonaviy pedagogik texnologiyalarning o‘rni va roli benihoya kattadir. Pedagogik texnologiya va pedagog mahoratga oid bilim, tajriba va interaktiv metodlar o‘quvchilarni bilimli, yetuk malakaga ega bo‘lishlarini ta‘minlaydi.
An‘anaviy o‘qitish tizimi, aytish mumkinki, yozma va og‘zaki so‘zlarga tayanib ish ko‘rishi tufayli ―axborotli o‘qitish‖ sifatida tavsiflanadi, chunki o‘qituvchi faoliyati birgina o‘quv jarayonining tashkilotchisi sifatida emas, balki nufuzli bilimlar manbaiga aylanib borayotganligini ta‘kidlagan holda baholanmoqda. Bu bir tomondan.
Ikkinchidan, ilmiy-texnik taraqqiyotning rivojlanayotgan bosqichida axborotlarning keskin ko‘payib borayotganligi va ulardan o‘qitish jarayonida foydalanish uchun vaqtning chegaralanganligi, shuningdek kadrlarni hayotga mukammal tayyorlash talablari ta‘lim tizimiga yangi pedagogik texnologiyalarni joriy etishni taqozo etmoqda.
Respublikamizda «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» da ta‘kidlaganidek, zamonaviy ta‘lim-tarbiya ishlarini davlat standarti darajasiga ko‘tarish uchun pedagogik jarayonga ilg‘or axborot va pedagogik texnologiyalarni joriy etish zarur (3.4 modda).
1999 yil aprel oyida Toshkent shahrida hamda may oyida Andijonda o‘tkazilgan Respublika ilmiy-nazariy seminar qarorlariga muvofiq barcha ilmiy va oliy o‘quv muassasalariga kadrlarni tayyorlash milliy modeliga mos ilg‘or pedagogik texnologiyalarning nazariy asoslarini ishlab-chiqish vazifasi yuklatildi.
Bu vazifani to‘liq bajarish maqsadida, eng avvalo, olimlar maktablarda va oliygohlarda ishlayotgan o‘qituvchi-trenerlar hamkorligida bir necha muammolarni yechishi lozim bo‘ladi. Shu jumladan ―Mehnat ta‘limi‖ fanini o‘qitishda quyidagilarga katta e‘tibor qaratish kerak:
yangi pedagogik texnologiyaning mohiyatini aniqlash va uning
nazariy asoslarini yaratish;
uning prinsiplarini ishlab chiqish;
pedagogik texnologiyani amalda qo‘llash uchun samarali yo‘llarini tanlash va hokazo.
Pedagogik texnologiya nima? Nega endi shuncha yillardan beri yarab kelgan ta‘lim jarayonini eskicha tashkil etishdan voz kechishimiz kerak va o‘quv jarayonini loyihalashtirishga yangicha yondashish zarur?
Bu yo‘nalishlar:
ta‘lim-tarbiya maqsadi, vazifasi, mazmuni, tizimini isloh qilish; ta‘lim-tarbiya boshqaruvini isloh qilish;
ta‘limning bozor iqtisodiyotiga asoslangan mexanizmini yaratish;
ota-ona, o‘qituvchi-o‘quvchining ta‘lim jarayoniga bo‘lgan yangicha qarashlarini shakllantirish;
va nihoyat, bu tub islohotlarning bosh harakatlantiruvchi kuchi - yangi pedagogik texnologiyani amaliyotga tadbiq etishdan iborat.
Tashxislanuvchan o‘quv maqsadlarini qo‘llashga o‘tilishi, o‘qitish texnologiyasida baholashning o‘ziga xos yangi mazmunga ega bo‘lishiga olib
keladi. Maqsad tashxislanuvchan usulda aniqlanar ekan, o‘quv jarayonining borishida uning belgilariga ham etalon sifatida qarash mumkin bo‘ladi. O‘qitish jarayonida joriy baho qaytuvchan aloqa rolini o‘ynaydi va etalon maqsadga (yoki uning qismlariga) erishishiga qaratilgan bo‘ladi. Agar maqsadga erishilmagan bo‘lsa, unda joriy nazorat natijalari asosida o‘quv jarayoniga tuzatishlar kiritilishi lozim. Shuning uchun ham, joriy baholar bilimlarni shakllantiruvchi funksiyani bajaradi. Demak, joriy nazoratlar baholanmaydi. Joriy mulohazalar mazmuniy harakterga ega bo‘lib, ular o‘quvchiga va uning faoliyatiga tegishli tuzatishlar kiritishiga yordam berishi lozim. Yakuniy baho ballarda ifodalanadi. Joriy baho kabi yakuniy baho ham tashxis usulida qo‘yilgan maqsadlarning etalon mezoniy belgilari asosida aniqlanadi va shuning uchun ham mezoniy harakterga ega bo‘ladi. O‘quv jarayoni ham shunga muvofiq yo‘nalishga ega bo‘ladi. Mezoniy baholash bu usulda o‘qitishning asosini tashkil qiladi.
O‘quvchilar bilimlarini shakllantiruvchi joriy baholar, ularga fan (kurs) ning har bir bo‘limi bo‘yicha tavsiya etilgan nazorat topshiriqlari bilan aniqlanadi. Bundan maqsad, o‘quvchilarda sodir bo‘ladigan qiyinchiliklarni tezkorlik bilan bartaraf qilishdir. Bunday test variantlarining biri bo‘lim materialini to‘la qamrab olgan bir necha savollardan iborat bo‘lishi mumkin. Har bir savol ro‘parasida 4-5 ta javoblar (tanlab belgilash uchun) yoziladi. Har bir javob varianti bir qarashda to‘g‘riga o‘xshagan bo‘lishi, lekin faqat bittasi aniq to‘g‘ri bo‘lishi zarur. Javoblar A, V, S, D, Ye kabi harflar bilan belgilanadi. Javoblar o‘z-o‘zini tekshirish blankasiga o‘tkaziladi. Uni to‘ldirib bo‘lgandan so‘ng, o‘quvchi o‘z javoblarini test kaliti bilan taqqoslaydi va qaysi savollarga to‘g‘ri (noto‘g‘ri) javob berganligini o‘zi aniqlaydi. Javob bera olmagan savollarni o‘zi mustaqil ravishda (zarur bo‘lsa o‘qituvchi yordamida) o‘zlashtiradi. Bunda u alternativ o‘quv materiallari (o‘quv qo‘llanmalari, videomaterial, laboratoriya ishlarini bajarish uchun ko‘rsatmalar) dan foydalanishi ham mumkin.
Pedagogik texnologiyaning eng muhim yutuqlaridan biri - testlar fondini, o‘quv jarayonining borishini to‘la qamrab olgan nazorat - tekshiruv topshiriqlar to‘plamini yaratilishidir. Oldindan tayyorlangan, standartlashgan testlar ishda
anchagina qulaylik tug‘diradi. Har bir o‘quv siklida test yordamida baholash tezkor qaytuvchan aloqa o‘rnatishga imkon beradi va o‘quv jarayonini belgilangan maqsad tomon ketma-ket ravishda yo‘naltirib turadi.
|