|
O‘lchash vositalari, ularning turlari va asosiy metrologik tavsiflariBog'liq ELEKTROTEHNIKA VA ELEKTRONIKA oquv qollanma
5.1. O‘lchash vositalari, ularning turlari va asosiy metrologik tavsiflari.
Kattalikning sonli qiymatini odatda o‘lchash amali bilangina topish mumkin, ya’ni bunda ushbu
kattalik miqdori birga teng deb qabul qilingan shu turdagi kattalikdan necha marta katta yoki kichik
ekanligi aniqlanadi.
O‘lchash deb, shunday solishtirish, anglash, aniqlash jarayoniga aytiladiki, unda o‘lchanadigan
kattalik fizik eksperiment yordamida, xuddi shu turdagi, birlik sifatida qabul qilingan miqdori bilan o‘zaro
solishtiriladi.
Bu ta’rifdan shunday xulosaga kelish mumkinki: birinchidan, o‘lchash bu har xil kattaliklar to‘g‘risida
informatsiya hosil qilishdir; ikkinchidan, bu fizik eksperimentdir; uchinchidan - o‘lchash jarayonida
o‘lchanadigan kattalikning o‘lchov birligining ishlatilishidir. Demak, o‘lchashdan maqsad, o‘lchanadigan
kattalik bilan uning o‘lchov birligi sifatida qabul qilingan miqdori orasidagi (tafovutni) nisbatni topishdir.
Ya’ni, o‘lchash jarayonida o‘lchashdan ko‘zda tutiladigan maqsad, ya’ni izlanuvchi kattalik (bu shunday
asosiy kattalikki uni aniqlash butun izlanishni, tekshirishni vazifasi, maqsadi hisoblanadi) va o‘lchash
ob’ekti ishtirok etadi. O‘lchash ob’ekti (o‘lchanadigan kattalik) shunday yordamchi kattalikki, uning
yordamida asosiy izlanuvchi kattalik aniqlanadi, yoki bu shunday qurilmaki, uning yordamida o‘lchanadigan
kattalik solishtiriladi.
Shunday qilib, uchta tushunchani bir-biridan ajrata bilish kerak; o‘lchash, o‘lchash jarayoni va o‘lchash
usuli.
O‘lchash - bu umuman har xil kattaliklar to‘g‘risida informatsiya qabul qilish, o‘zgartirish demakdir.
Bundan maqsad izlanayotgan kattalikni son qiymatini qo‘llash, ishlatish uchun qulay shaklda aniqlashdir.
70
O‘lchash jarayoni - bu solishtirish eksperimentini o‘tkazish jarayonidir (solishtirish qanday usulda
bo‘lmasin).
|
| |