167
12.9-rasm. Sinxron mashinalarni ishga tushirish sxemalari.
Hozirgi paytda har qanday katta quvvatli sinxron motorlarni ham elektr tarmog‘iga bevosita ulab
ishga tushirish bo‘yicha ilmiy tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Ilgarilari qo‘zg‘atuvchi chulg‘amga
beriluvchi o‘zgarmas tokni sinxron motorning vali(o’qi) bilan aylantiriladigan parallel qo‘zg‘atishli
o‘zgarmas tok generatoridan olinar edi. Hozirgi vaqtda esa rotor chulg‘amiga beriladigan o‘zgarmas tok
ko‘pincha alohida o‘rnatilgan statik yarim o‘tkazgichli qo‘zg‘atgichlardan olinmoqda. Keyingi paytlarda
rotor chulg‘amiga o‘zgarmas tokni kontaktsiz, halqa va cho‘tkalarsiz berish imkoniga erishildi.
Bunday kontaktsiz sinxron motorda rotor o‘zagi yaxlit po‘latdan quyilgan qutblarga ega bo‘lib,
bu qutblar rotorga o‘rnatiladigan ishga tushirish chulg‘ami vazifasini ham o‘taydi.
Natijada sinxron
motorning konstruktsiyasi soddalashmoqda, uning ishlashdagi ishonchliligi ancha ko‘tarilmoqda.
Hozirgi
paytda kichik qiymatli qarshilik momentlari
M
c
=(0,3÷
0,4)M
n
bilan yoki
salt ish rejimida ishga
tushiriladigan sinxron motorlar rotoridagi qo‘zg‘atuvchi chulg‘amga qo‘zg‘atgichni bevosita ulab qo‘yish
sxemasi keng qo‘llanilmoqda. Bunda qo‘zg‘atgich yakori razryad qarshiligi orqali yoki bevosita rotor
chulg‘amiga ulanadi.
Motor chastotasining taxminan,
0,95n
qiymatida qo‘zg‘atish zanjiridagi razryad
qarshiligi rubilnik bilan zanjirdan chiqariladi. Bunda qo‘zg‘atish zanjiri uzilmaganligi
sababli sinxron
motorni ishga tushirish sxemasi ancha soddalashadi.