«Zamonaviy dunyoda ijtimoiy fanlar: nazariy va amaliy




Download 0,78 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/8
Sana17.05.2024
Hajmi0,78 Mb.
#240771
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
ZDIF1511

«Zamonaviy dunyoda ijtimoiy fanlar: nazariy va amaliy 
izlanishlar» nomli ilmiy, masofaviy, onlayn konferensiya
 
Madaniyatlararo muloqot jarayonida shunday so‘zlar mavjudki, ular bir 
tildan ikkinchi tilga tarjima qilinayotganda o‘zining muqobil variantini 
topolmaydi yoki ushbu so‘zning keyingi tilda aniq tarjima variant bo‘lmaydi. 
Shuning uchun ham o‘sha so‘zlarning asl variantini ikkinchi bir tilda ham 
qo‘llashga to‘g‘ri keladi. Bunday so‘zlar esa “ekvivalentsiz leksika”, “muqobilsiz 
leksika”, “lakuna”, “oq dog‘lar” deb ataladi. 
Ilmiy adabiyotga «lakuna» atamasini ilk bora kiritgan kanadalik 
tilshunoslar J.P. Vine va J. Darbelnelar «bir so‘z ifodalaydigan ma’noning
ikkinchi bir tilda mavjud bo‘lmasligi holati» deya ta’rif beradilar. Aynan
shunday fikrni Yu.S.Stepanov va V.L.Muravyev tadqiqotlarida ham
uchratamiz.
I.A.Sterninning ta’kidlashicha, « Ikki tilni qiyoslab o‘rganish jarayonida
vujudga keladigan tillararo lakunalar bular ekvivalentsiz leksikalardir.
Shunday qilib tillararo lakunalar tushunchasi va ekvivalentsiz leksika
tushunchasi nisbiy tushunchalardir: ularning birinchisi ikkinchisi fonida
vujudga keladi va o‘zaro bir-birlarini to‘ldirib keladi». 
Ijtimoiy tarmoq matnlarida esa bunday muqobilsiz leksikalardan juda 
ko‘plab foydalaniladi. Birgina sport turini oladigan bo‘lsak yoki xalqaro 
aloqalarda ishlatiladigan so‘zlarni, madaniyatlararo aloqani oladigan bo‘lsak, 
muqobilsiz leksikaga oid tushunchalarni uchratishimiz mumkin. Masalan, futbol, 
basketbol, boks, menejer, servis, kimano, Oq uy, FBI, genotsid, sari, saki, 
shampan, viski, brend, spiker, kriket, sakura va boshqalar. Bunday so‘zlar 
tarjima qilinayotganda boshqa muqobil variant mavjud emasligi uchun 
qo‘llanilsa-da, aslida bugungi kunda kundalik turmushimizga to‘liq o‘zlashib 
ketganini kuzatishimiz mumkin. Bularning variantsiz so‘zlar ekanligini hamma 
ham sezavermaydi. 
Muqobilsiz leksika muayyan xalq madaniyatiga xos hodisalarni aks 
ettiradi. U ko‘pincha mahalliy xalqqa xos pul, masofa-uzunlik birliklari, ro‘zg‘or 
ashyolari, kiyim-kechak, yegulik-ichkilik va hakozo tushunchalarni anglatadigan 
so‘zlardan tarkib topadi. Muqobilsiz leksika boshqa tilga o‘zlashtirilganda ularga 
ekzotik leksika (ekzotizmlar) deyiladi. Ekzotizmlar va etnografizmlar o‘zga 
madaniyatning ramzi sanaladi. Jumladan, spiker, kriket, shilling- Angliya; yaylov, 
qishloq, ariq, dehqon, cho‘l - O‘rta Osiyo; sakura, geysha, ikebana, sake - yapon 
madaniyatining belgilarini assotsiatsiyalaydi. O‘zbek madaniyatining belgilarini 
palov, patir, sumalak, ko‘rpacha, belbog‘ (belida belbog‘i bor), do‘ppi (do‘ppisi 
osmonda, do‘ppi tor) va h.k. so‘zlarda ko‘rish mumkin.
Muqobilsiz leksikani boshqa tilga tarjima qilib berish o‘zini oqlamaydi. 
Shuning uchun uni transliteratsiya yo‘li bilan talqin etish maqsadga muvofiqdir. 


46 

Download 0,78 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8




Download 0,78 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



«Zamonaviy dunyoda ijtimoiy fanlar: nazariy va amaliy

Download 0,78 Mb.
Pdf ko'rish