• Samarqand davlat universiteti Lingvistika: o‘zbek tili yo‘nalishi 2-kurs magistranti https://doi.org/10.5281/zenodo.6550730 ANNOTATSIYA
  • Kalit so‘zlar
  • Elementlaridan foydalanish




    Download 0,78 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet1/8
    Sana17.05.2024
    Hajmi0,78 Mb.
    #240771
      1   2   3   4   5   6   7   8
    Bog'liq
    ZDIF1511



    44 
    «Zamonaviy dunyoda ijtimoiy fanlar: nazariy va amaliy 
    izlanishlar» nomli ilmiy, masofaviy, onlayn konferensiya
     
    IJTIMOIY TARMOQ (FACEBOOK, TELEGRAM, INSTAGRAM VA 
    BOSHQALAR) MATNLARİDA SOTSIOLINGVISTIKA 
    ELEMENTLARIDAN FOYDALANISH 
    Urokov Xasan Ulmasovich
    Samarqand davlat universiteti Lingvistika: o‘zbek tili
    yo‘nalishi 2-kurs magistranti 
    https://doi.org/10.5281/zenodo.6550730 
    ANNOTATSIYA
    : ushbu maqolada ijtimoiy tarmoq matnlarida 
    sotsiolingvistik elementlarning qo‘llanilishi borasidagi fikrlarimiz bilan 
    o‘rtoqlashganmiz. Bugungi kunda ijtimoiy tarmoqlar jadallik bilan rivojlanib 
    bormoqda. Bu esa ularning matnini tahlil qilish kerakligini, unda qo‘llaniluvchi 
    so‘zlarni sotsiolingvistik jihatdan o‘rganish zarurligini anglatadi. Ushbu ishda 
    jargonlar, argonlar, ekvevalentsiz leksika, lakunlar, realiyalar, so‘zlashuv uslubi, 
    varvarizm, vulgarizm kabilarning ijtimoiy tarmoq matnlarida qo‘llanilishi 
    haqidagi o‘z qarashlarimizni ham bayon qilganmiz. Adabiy tilga putur 
    yetkazuvchi vositalar haqida ham fikr yuritganmiz.
    Kalit so‘zlar:
    ijtimoit tarmoq, ijtimoiy tarmoq matnlari, sotsiolingvistika 
    elementlari, adabiy til, jargonlar, dialektlar, argolar, ekvivalentsiz leksika
    lakuna, realiyalar, varvarizm, vulgarizmlar.
    Bugungi kunda ijtimoiy tarmoq sahifalarida foydalanuvchilar tomonidan 
    yozilayotgan internet matnlarida turli xil jargolar, tabular, varvarizm, 
    vulgarizmlar, sotsiolektlar kabi sotsiolingvistika elementlarini uchratishimiz 
    mumkin. Sotsiolingvistika bevosita ijtimoiy hayot bilan chambarchas bog‘liq 
    bo‘lib, tilning insonlar orasidagi muloqot vazifalarini qay darajada bajarishini
    muloqot jarayonida qanday elementlardan foydalanilayotganini o‘rganadigan 
    soha sanaladi.
    Ijtimoiy tarmoq sahifalarida bulardan tashqari ekvivalentsiz leksika, 
    lakunalar, realiyalar, dialektlar, tarixiy va arxaik so‘zlar, diniy so‘zlardan ham 
    foydalanilmoqda, bu orqali esa tilning naqadar ijtimoiylashib ketganligini, bir 
    so‘z o‘rnida boshqa so‘zlarning muqobil variantlarining yo‘qligini ham 
    ko‘rishimiz mumkin bo‘ladi. 
    Quyida internet - ijtimoiy tarmoq sahifalarida sotsiolingvistik 
    elementlardan qay maqsadlarda foydalanilayotganligining tahlilini ko‘rib 
    o‘tamiz. 
    Ijtimoiy tarmoqdagi matnlarga e’tibor qaratadigan bo‘lsak, ayniqsa, 
    tarjima 
    jarayonida 
    lakuna 
    – 
    ekvivalentsiz 
    leksikalardan 
    ham 
    foydalanilayotganligini ko‘rishimiz mumkin: realizatsiya, xotdog, sendvich, 
    marka, dollar, rubl, Oq uy va boshqalar. 


    45 

    Download 0,78 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 0,78 Mb.
    Pdf ko'rish