49
«Zamonaviy dunyoda ijtimoiy fanlar: nazariy va amaliy
izlanishlar» nomli ilmiy, masofaviy, onlayn konferensiya
bo‘lamiz. Bunga sabab bu uslubda fikr yozishda suhbatdoshining fikrigao‘z
vaqtida
javob qaytarish, o‘zining faolligini ko‘rsatib qo‘yish va albatta tinish
belgilariga oid yetarli bilimlarga ega emasligidir.
Ushbu tarmoq matni so‘zlashuv uslubida yozilgan, bunda e’tibor beradigan
bo‘lsak, tinish belgilaridan
umuman foydalanilmagan, imloviy xatolari ham
mavjud, chet tiliga oid so‘zlardan o‘rinsiz foydalanilgan. Matndagi
“motokultivator” hamda “zapis bo‘lmoq” so‘zlarining
tilimizda muqobil
variantlari mavjud: “matokultivator” so‘zini “qo‘l traktori”, “zapis bo‘lmoq”
so‘zini “yozib qolmoq, yozilmoq” so‘zlari bilan almashtirish mumkin. Lekin
foydalanuvchi tilimizga oid egallagan bilimi past darajada ekanligini chetcha
so‘zlarni qo‘llash bilan ko‘rsatib qo‘ygan.
Yoki yana bir matnda endi lakunlardan, realiyalardan foydalanilganligiga
guvoh bo‘lamiz. “