47
«Zamonaviy dunyoda ijtimoiy fanlar: nazariy va amaliy
izlanishlar» nomli ilmiy, masofaviy, onlayn konferensiya
Internet matnlarining yana bir sotsiolingvistik xususiyati ularda
vulgarizm(vulgarizm-tilimizdagi
shunday bir tushunchaki, unda insonlar
haqoratomuz so‘zlardan, so‘kinishlardan foydalanadi)ga oid bo‘lgan so‘zlardan
foydalanilishidir. E’tibor beradigan bo‘lsak, ijtimoiy tarmoqdagi ba’zi bir
xabarlarga shunday kommentariyalar yoziladiki, ularni o‘qishga odam uyaladi.
Misol uchun, yaqinda Facebook ijtimoiy tarmog‘ida
“Zo‘r TV”
telekanalida
namoyishi
boshlangan
“O‘zbekiston
go‘zallari”
nomli
ko‘rsatuvga
bag‘ishlangan
““O‘zbekiston go‘zallari tanlovi” kim tomonidan tashkil
qilindi?”
nomli postga qoldirilgan kommentariylarda vulgarizmga oid bo‘lgan
juda ko‘plab qo‘pol mulohazalarga duch kelamiz.
Ijtimoiy tarmoq sahifalarida vulgarizmlarning qo‘llanilishiga asosiy sabab
sifatida esa internet etikasining shakllanmaganligi, odamlarning so‘z erkinligini
noto‘g‘ri
tushunib,
birovlarning
shaxsiyatiga
tegadigan
gaplardan
foydalanayotganligini ko‘rsatishimiz mumkin.
Ijtimoiy tarmoq sahifalaridagi matnlarning yana bir sotsiolingvistik
xususiyati – bu ma’lum bir ijtimoiy guruhga mansub so‘zlardan
foydalanilayotganligidir. Bir eslaydigan bo‘lsak, yuqorida ta’kidlaganimizdek,
internet tarmog‘i ma’lum bir guruhlarning birlashuvi asosida yuzaga chiqadigan
muloqotlarga tayanadi. Bunday guruhlarning tili sotsiolingvistikada jargonlar
deb ataladi.
Jargon
– biron ijtimoiy guruh vakillarining o‘z nutqi bilan ko‘pchilikdan
ajralib
turish maqsadida, o‘zicha mazmun berib ishlatadigan so‘z va iboralari.
Masalan,